Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi 27 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning so‘zlariga asoslanib, «Kazinform» xabar berdi.
«Avvalroq qo‘shnilarimizni maslahatlashuv uchrashuvi o‘tkazishga chaqirgandim. Ostonada ana shunday uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvlar turli poytaxtlarda bo‘lib o‘tishini istardim. Bu yilgi Toshkentdagi uchrashuv belgilanganidek 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tishiga umid qilaman», — dedi Nursulton Nazarboyev.
Nazarboyevning qayd etishicha, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida hal qilinmagan masalalar bor. «To‘qnashuvlar yuz bermoqda, odamlar halok bo‘lmoqda», — ta’kidladi u.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahatlashuv uchrashuvi 2018 yil martda Qozog‘iston poytaxtida o‘tkazilgan edi.
Izoh qoldirish