Rossiyadagi mehnat migrantlari patent olishi 16 iyundan talab etilmoqda

Rossiyadagi mehnat migrantlari patent olishi 16 iyundan talab etilmoqda

Pandemiya xavfi tufayli Rossiya hukumati mamlakat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo‘lishi huquqini beruvchi barcha hujjatlar, jumladan, patentlarning amal qilish muddatini 2020 yil 15 iyungacha uzaytirgan edi.

Shu bois bugundan, ya’ni 16 iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolarining ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma, patent rasmiylashtirish zarur bo‘ladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmatining xabar qilmoqda.

  • Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo‘lish, vaqtincha yoki doimiy yashash, yashash joyida ro‘yxatda turish muddatlari 2020 yilning 15 sentyarigacha tugashi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu muddatlarni tugatmaslik;
  • Rossiya Federatsiyasidan ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish, deportatsiya qilish muddatlarini 2020 yilning 15 sentyabriga qadar uzaytirish belgilangan.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar