Samarqand viloyatining 2023 yil yanvar-mart oylarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

Samarqand viloyatining 2023 yil yanvar-mart oylarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

Ushbu davrda Samarqand viloyati YaHM hajmi 12,4 trln. so‘mni tashkil etgan xolda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104% ga o‘sgan, shuningdek YaIM tarkibida viloyatning hissasi 6,3% ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 3 008,4 ming so‘mni tashkil qilgan o‘tgan mos davrga nisbatan 1,4% ga oshgan.

Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 97,1%ni tashkil etgan bo‘lsa, maxsulotlarga sof soliqlar esa 2,9% ini tashkil etgan.

YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi 18,2% (2022 yilda 18,2%), qishloq xo‘jaligi ulushi 24,0% (2022 yilda 24,4%), qurilishning ulushi 6,2% (2022 yilda 6,5%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 51,6 % (2022 yilda 51,7%) ni tashkil qilgan.

2023 yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik 8045,5 mlrd. so‘m (2022 yilning yanvar-mart oylarida – 6863,2 mlrd. so‘m)ni va YaHMdagi ulushi 66,7% (2022 yilning yanvar-mart oylarida – 67,3%)ni tashkil etgan. Kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasayishi yirik korxonalar ulushining oshishi bilan bog‘liq.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Murtazayev Ardasher


Maqolani ulashing

Izohlar qo'shilmagan

O'xshash yangiliklar