O‘zbekiston va xalqaro sport hamkorligida yangi bosqich

O‘zbekiston va xalqaro sport hamkorligida yangi bosqich

O‘zbekiston Taekvon-Do ITF Milliy Assotsiatsiyasi rahbari Laziz Hasanov BRICSning Strategik loyihalar xalqaro alyansi sport markazi vitse-prezidenti, shuningdek, O‘zbekistondagi rasmiy vakili etib tayinlandi.

Ushbu tayinlov xalqaro sport hamjamiyati tomonidan Laziz Saydivaliyevichning milliy sportni rivojlantirish yo‘lidagi fidoiyligi, halol mehnati va uzoq yillik samarali faoliyatiga berilgan yuksak baho sifatida baholandi. Uning nafaqat xalqaro, balki mahalliy darajada ham sport sohasiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.

BRICS sport tashkiloti doirasidagi mazkur tayinlov O‘zbekiston sportining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va yosh avlod uchun xalqaro sport imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, Taekvon-Do ITF 2025 yilda rasman BRICS o‘yinlari dasturiga qo‘shildi. Ushbu muhim voqea Taekvon-Do tarixida ilk marta ushbu sport turining BRICS kabi yirik xalqaro sport maydonida rasmiy tan olinishi bo‘ldi.

2026 yilda Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi BRICS o‘yinlarida Taekvon-Do ITF sportchilari ilk bor ishtirok etadi. Bu esa nafaqat sportchilar uchun katta imkoniyat, balki butun mamlakatimiz uchun faxrli voqeadir.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar