Samarqand viloyatining 2023 yil yanvar-sentyabr oylarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Samarqand viloyatining 2023 yil yanvar-sentyabr oylarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Ushbu davrda Samarqand viloyati YaHM hajmi 52 438,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan xolda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,8% ga o‘sgan, shuningdek YaIM tarkibida viloyatning hissasi 7,0% ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 12 629,4 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,6% ga oshgan.

Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 98,1%ni tashkil etgan bo‘lsa, maxsulotlarga sof soliqlar esa 1,9% ini tashkil etgan.

YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda 20,7% (2022 yilda 21,4%), qishloq xo‘jaligi ulushi 39,7% (2022 yilda 39,6%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 39,6 % (2022 yilda 39,0%) ni tashkil qilgan.

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik tadbirkorlik 37 613,8 mlrd. so‘m (2022 yil – 31 078,5 mlrd. so‘m)ni va YaHMdagi ulushi 73,1% (2022 yil– 72,4%)ni tashkil etgan. Kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasayishi yirik korxonalar ulushining oshishi bilan bog‘liq.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Murtazayev Ardasher

Maqolani ulashing

    Izohlar qo'shilmagan

    O'xshash yangiliklar