“O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi Qonun (O‘RQ-676, 22.02.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Kodeksga noyob va alohida muhim ob’yektlar”, “reklama va axborot ob’yektlari”, “turar joy ob’yektlari”, “urbanizatsiya” va boshqa bir qator asosiy tushunchalar kiritildi.
Mazkur Kodeksda shaharsozlik faoliyatining asosiy prinsiplari aniq qilib belgilab berildi.
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazorati va uning shakllari, sub’yektlari haqidagi normalar mustahkamlandi.
Mazkur sohadagi qarorlarning muhokamasida jamoatchilik nazorati ishtiroki ta’minlanishi belgilandi.
Kodeksga yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zarar o‘rni qoplanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan hamda pudrat uchun davlat shartnomasini ishlab chiqish va tuzish tartibi, pudrat ishlari qat’iy shartnoma asosida amalga oshirilishi bo‘yicha normalar kiritildi.
Shuningdek, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda ekspertlarning huquqlari va javobgarligi aniq ko‘rsatib o‘tildi.
Endilikda chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ham shaharsozlik faoliyati sub’yektlari bo‘la oladi.
Mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Izoh qoldirish