O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-6 avgust kunlari Turkmanistondagi “Avaza” sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 5 avgust kuni Turkmanboshi shahriga jo‘nab ketdi.
Prezidentimiz ushbu shahar yaqinidagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
Kun tartibiga mintaqada barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlash, savdoni rivojlantirish, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish, pandemiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish va boshqa masalalar kiritilgan.
Shuningdek, sammit doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish