Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) har oyda mamlakat bo‘ylab iqtisodiyotning turli tarmoqlari vakillari bo‘lgan 1000 nafar tadbirkor o‘rtasida so‘rov o‘tkazadi.
2023 yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekistonning ishbilarmonlik muhiti indeksi vaqti-vaqti bilan Trading Economics xalqaro iqtisodiy portalida e’lon qilinadi.
Joriy yilning fevral oyida ishbilarmonlik muhitining jamlangan ko‘rsatkichi 4 punktga o‘sdi va 58 punktni tashkil etdi, bu mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitining holatini ijobiy deb baholaydi. Kompozit ko‘rsatkichning o‘sishiga qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sektoridagi dinamika sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini liberallashtirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yildi. Biznesni liberallashtirish bo‘yicha rejali davlat siyosati yo‘lga qo‘yildi, xususan, biznesni boshlash va uni yuritish soddalashtirildi, ma’muriy to‘siqlar bartaraf etildi, soliqqa tortish tizimida ko‘pgina yangiliklar amalga oshirildi, tumanlarni 5 toifaga bo‘lgan holda joy toifasiga qarab biznes uchun imtiyozlar va subsidiyalar berishning yangi mexanizmi joriy etildi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizda biznesni tartibga solish tizimini sezilarli darajada o‘zgartiradi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga yordam beradi va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish orqali xususiy sektor rivojlanishini rag‘batlantiradi.
Xususan, soliqqa tortish tizimidagi yangiliklar tufayli mamlakatda ishbilarmonlik muhitini faollashtirish va o‘sishini ta’minlashga erishildi. QQS stavkasining 15% dan 12%gacha pasayishi mamlakatda ishbilarmonlik muhitini o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, lekin bu yanvar oyida anomal sovuq tufayli yuzaga kelgan ob-havo inqirozi tufayli u qadar sezilmadi.
Ma’lumot uchun: joriy yilning fevral oyida soliq to‘lovchilar birinchi marta soliq organlariga QQS bo‘yicha soliq hisobotlarini 12% miqdorida taqdim etishdi. Joriy yilning yanvar oyida hisobotlar 2022 yil dekabr oyi uchun taqdim etildi, unda 15% stavka amal qilgan edi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, biznesning hozirgi holatini "yaxshi" deb qayd etgan respondentlar soni 41%ni tashkil etgan bo‘lsa, 14% "yomon"deb baholagan.
Korxonalarning 20%i o‘z xodimlari sonini ko‘paytirdi, 40%i esa o‘z tovarlari/xizmatlariga talab oshganini qayd etdi.
Bir oy davomida biznesning joriy holati ko‘rsatkichi 3 punktga oshdi va 37 punktni tashkil etdi, bu qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yaxshilanishlar bilan izohlanadi.
Shunga qaramay, qurilish sohasidagi hozirgi holat ko‘rsatkichida pasayish kuzatildi.
Keyingi 3 oy ichida biznesni rivojlantirish istiqbollarini kutish ko‘rsatkichi juda yuqori darajada qolmoqda - 80 ball, bu barcha tarmoqlarda yuqori optimizm bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
Fevral oyida qurilish sohasida kutish ko‘rsatkichida sezilarli sakrash qayd etildi.
Keyingi 3 oy ichida o‘z biznesi holati yaxshilanishini kutayotgan tadbirkorlarning ulushi 82%ni tashkil etdi, tovarlar va xizmatlarga talabning yanada oshishini 75% tadbirkor kutayotganini qayd etdi va 68% tadbirkorlar xodimlari sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.
Tadbirkorlarning 26%i keyingi 3 oy ichida o‘z tovarlari/xizmatlari narxining oshishini kutmoqda.
Umuman olganda, joriy holat ko‘rsatkichlari va kutilayotgan taxminlar o‘rtasidagi bog‘liqlik iqtisodiyotning rivojlanishidagi ijobiy tendensiya keyingi 3 oy ichida davom etishini anglatadi.
Ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlarni tahlil qili
Tadbirkorlarning 49%i o‘z faoliyatida to‘siqlarga duch kelganliklarini aytishdi. Moliyalashtirish va yer uchastkalaridan foydalanishdagi to‘siqlar, soliq ma’muriyatchiligi va soliq stavkalari bilan bog‘liq muammolar, shuningdek, elektr va gaz ta’minotidagi uzilishlar qayd etildi.
Biznes yuritishda turli to‘siqlarning kamayishi ham ko‘rsatkichlarni yaxshilash omili bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, masalan, oy davomida hech qanday to‘siqlar yo‘qligini qayd etgan respondentlarning ulushi 1%ga oshdi.
Sanoat sektorida moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan tadbirkorlarning ulushi 2%ga kamaydi, yuqori soliq stavkalari bo‘yicha shikoyatlar yana 6%ga kamaydi.
Biroq, sanoat sektoridagi yangi yer uchastkalaridan foydalanishdagi qiyinchiliklar va gaz ta’minoti muammolari kabi to‘siqlarning ulushi deyarli o‘zgarishsiz qoldi.
Qishloq xo‘jaligi vakillari suv ta’minoti (- 4%) va yuqori soliq stavkalari muammolarini (- 3%) kamroq tilga olishdi.
Qurilish sektorida soliq ma’muriyatchiligi muammolari bo‘yicha shikoyatlar soni 3%ga kamaydi va gaz ta’minoti bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelganlar ulushi yana 4%ga kamaydi.
Xizmat ko‘rsatish sektorida elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ulushi mos ravishda 8 va 3%ga sezilarli darajada kamaydi.
Izoh qoldirish