"O‘zbekneftgaz" AJ va "Zarubejneft" AJ (Rossiya) hamkorligida korporativ shartnomani imzolash va "ANDIJONPETRO" qo‘shma korxona operatorining ish boshlashiga bag‘ishlangan rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.
Rasmiy tadbir davomida «ANDIJANPETRO» MChJ QK ning Andijondagi ofisi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish amalga oshirildi, va uning mutaxassislari tele ko‘prik yordamida tantanali marosimda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
So‘ngra hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda «O‘zbekneftgaz» AJ rahbari B.Sidiqov, «Zarubejneft» AJ rahbari O.Akimov, «ANDIJANPETRO» MChJ QK rahbari N.Siromyatnikov va «Andijanneft» AJ rahbari J.Bekmurodov ishtirok etdi.
Yangi operator «ANDIJANPETRO» MChJ QK ning asosiy yondashuvi zamonaviy neft sanoati uskunalari va texnologiyalarini, shuningdek neft olishga doir innovatsion usullarni qo‘llashdan iborat.
Yangi qo‘shma korxona o‘ziga ishonib topshirilgan hududlarda neft qazib olish darajasini 3 baravarga oshirishni mo‘ljallamoqda. Bundan tashqari, yangi ish o‘rinlarini yaratish, jalb qilingan mutaxassislarning professional darajasini oshirish jarayoni davom etmoqda.
Izoh qoldirish