Avval xabar berganimizdek, Turkiya "Adolat va taraqqiyot partiyasi" raisining tashqi aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari J.Yilmaz va Buyuk Millat Majlisining Rejalashtirish va budjet ishlari bo‘yicha komissiyasi raisi L.Elvan rahbarligidagi delegatsiya yurtimizda xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligida turkiyalik ekspertlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida qishloq xo‘jaligi, transport, to‘qimachilik sanoati kabi iqtisodiyot sohalarining hozirgi holati hamda O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Muhokama chog‘ida ekspertlar tomonidan mazkur sohalarni taraqqiy ettirish yuzasidan salmoqli yo‘nalishlar taqdim etildi.
Izoh qoldirish