O‘zbekiston 2019 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra «Iqtisodiy erkinlik indeksi»da «Soliq yuki» indikatori bo‘yicha 23-pozitsiyada, deb xabar beradi DSQ matbuot xizmati.
«Heritage Foundation» Amerika markazi tomonidan «Wall Street Journal» bilan hamkorlikda 1995 yildan buyon har yili 186 mamlakatning reytingi tuzib kelinadi. «Iqtisodiy erkinlik indeksi» 4 ta guruhga birlashtirilgan 12 ta komponentni o‘z ichiga olib, 0 dan 100 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha o‘lchanadi. Indeksning qiymati qancha katta bo‘lsa, tuzuvchilar fikriga ko‘ra, davlat shunchalik iqtisodiy jihatdan erkin bo‘ladi.
Umumiy reytingda O‘zbekiston o‘tgan yilda 12 pog‘onaga: 152 o‘rindan 140 o‘ringa ko‘tarilishni uddaladi. Mamlakat tomonidan to‘plangan umumiy ball 53,3 (o‘tgan yildagi qiymatga nisbatan +1,8) ballni tashkil etdi. 12 ta indikatordan 8 tasida yaxshilanish, uchta indikator - sud tizimining samaradorligi, monetar erkinlik va moliyaviy farovonlik bo‘yicha yomonlashuv kuzatiladi. Moliyaviy erkinlik ko‘rsatkichi hech qanday tarzda o‘zgarmadi. Biroq, O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 43 mamlakati orasida 36-o‘rinni egallagan va umuman mintaqaviy va jahon qiymatlaridan past ballga ega bo‘lgan holda ko‘proq erkin bo‘lmagan iqtisodiyotga ega mamlakatlar qatorida qolmoqda.
Mualliflar asoslanadigan baholash uslubiyatiga ko‘ra, «Soliq yuki» indikatori quyidagi ko‘rsatkichlarning o‘rtacha arifmetik qiymatlari asosida shakllanadi:
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining eng yuqori stavkasi;
- korporatsiyalardan olinadigan foyda solig‘ining eng yuqori stavkasi;
- umumiy soliq yuki YaIMga nisbatan foizda.
Uchta faktorning har biri 100-ballik shkalaga o‘tkaziladi va teng vazni bilan yakuniy ko‘rsatkichga kiradi.
Indikator o‘zgarishini baholash uchun O‘zbekistonda 2018-2019 yillarning 9 oyi uchun quyidagi ko‘rsatkichlar qabul qilingan:
- 22,5%dan 12%gacha pasaytirilgan JShDSning eng yuqori stavkasi;
- o‘tgan yili 14% va bu yil 12% bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining eng yuqori stavkasi;
- umumiy soliq yuki (soliq tushumlarining davrning YaIMga nisbati).
«Soliq yuki» umumiy indikatorining hisob-kitobi qiymatning 0,3 foizga, 22,2% dan 21,9%gacha pasayganini ko‘rsatmoqda.
Bunda tarkibiy ko‘rsatkichlarning qiymatlari quyidagi tarzda shakllandi:
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining eng yuqori stavkasi bo‘yicha qiymatning 84,8 dan 95,7 gacha – 10,9 foizga yaxshilanishi;
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining eng yuqori stavkasi bo‘yicha qiymatning 94,1 dan 95,7 gacha - 1,6 foizga yaxshilanishi;
- umumiy soliq yuki bo‘yicha - 85,3 dan 85,6 gacha.
Shu tariqa, O‘zbekistonda «Soliq yuki» tarkibiy indikatori qiymati o‘rtacha jahon qiymatidan 14,7 foizga (100%dan 77,6%) yaxshi, bu 23-pozitsiyaga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish