Suveren xalqaro obligatsiyalardan tushgan qariyb 190 mln dollar nimalarga sarflanishi ma’lum qilindi

Suveren xalqaro obligatsiyalardan tushgan qariyb 190 mln dollar nimalarga sarflanishi ma’lum qilindi

16 mart kuni bo‘lib o‘tgan “Davlat tashqi qarzi: qarz mablag‘larini sarflash yo‘nalishi va loyihalarning samaradorligi” mavzusidagi ochiq muloqotda suveren xalqaro obligatsiyalardan tushgan 2 trln. so‘m (qariyb 190 mln dollar) nimalarga sarflanishi haqida ma’lumot berildi.

Suveren xalqaro obligatsiyalardan tushgan 2 trln. so‘mning sarflanishi:

  • 429,7 mlrd. so‘mga 25 ta yangi maktab qurish va mavjud 21 ta maktabni rekonstruksiya qilish;
  • 197,7 mlrd. so‘mni sog‘liqni saqlash (ushbu mablag‘lardan 3 ta yangi bino qurish va mavjud 14 ta tibbiyot muassasasini rekonstruksiya qilish) uchun sarflash;
  • 126 mlrd. so‘mdan 200 km dan ortiq suv ta’minoti tarmoqlari va inshootlari qurish;
  • 1096,7 mlrd. so‘m yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, 300 km dan ortiq yo‘llarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;
  • 149,8 mlrd. so‘m og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar va oilalarga, nogiron ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish, oila, onalik va bolalik institutini qo‘llab-quvvatlash, ayollarga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar berish, ishsizlik nafaqalarini to‘lash uchun rejalashtirilgan.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar