2019 yilning 26 dekabr kuni UzAuto Motors kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha rekord natija qayd etdi.
2019 yilda kompaniya tomonidan 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish rejasi qo‘yilgan bo‘lishiga qaramay, xaridorlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 271 098 dona avtomobil ishlab chiqarildi. 2018 yilda ushbu ko‘rsatkich 220 ming donani tashkil qilgandi.
Ushbu natijaga kompaniyada amalga oshirilgan texnologik uskunalar hamda ishlab chiqarish jarayonining modernizatsiya qilinishi natijasida erishildi.
UzAuto Motors 2020 yilda xaridorlarga yagona platformadagi ONIX va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasi bo‘yicha sa’y-harakatlarni boshlab yubordi. 2020 yil davomida ushbu avtomobilni yangi platformada ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash maqsadida korxonada sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan korxonada ishlab chiqarish jarayoni 6 yanvargacha vaqtincha to‘xtatiladi.
Izoh qoldirish