Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni bo‘ladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi tashkiliy yig‘ilishida ma’lum qildi.
Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni bo‘ladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi tashkiliy yig‘ilishida ma’lum qildi.
Bu prezidentning parlamentga uchinchi murojaatidir. Shavkat Mirziyoyev ushbu an’anani 2017 yilda joriy etgan edi. Prezident mamlakat qonunchilik organiga yo‘llagan murojaatida o‘tgan yilni sarhisob qiladi va yaqin kelajakda respublikani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Prezident yil oxirida murojaat qiladi, ammo 2019 yilda tadbir 5 yanvar kuni 25 ta saylov okrugida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar uchun takroriy ovoz berish tayinlanganligi sababli kechiktirildi.
Odatda, Prezident o‘z murojaatida yangi yil nomini e’lon qiladi.
Izoh qoldirish