Dekabr oyida O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi oshdi

Dekabr oyida O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi  oshdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2022 yil dekabr oyida 1054 birlikni tashkil etib, noyabr oyiga nisbatan 5,4 foizga oshgan. Shuningdek, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 3,3 foizlik o‘sish qayd etildi.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2022 yilning dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 5,4 foizga oshib, 1054 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 4,9foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,5foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 6,7foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 27,6foizga oshgan.

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2022 yil dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 7 ta hududda o‘tgan oyga (2022 yil noyabr) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Sirdaryo (43,9%), Surxondaryo (35,9%), Andijon (28,8%), Buxoro (19,9%) viloyatlari va Toshkent shahrida (22,7%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).

Shu bilan birga ushbu ko‘rsatkich 2 ta hududda kamaygan. Xususan, Jizzax (-17,9%) va Xorazm (-1,8%) viloyatlarida o‘tgan oyga nisbatan kamayish kuzatilgan.

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2022 yil dekabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 427,4 ming tani tashkil etdi va 2022 yilning noyabr oyiga nisbatan 302,2 ming tranzaksiyaga (4,9%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7 ta hududda oshgan.

2022 yil dekabrda respublikaning 7 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Andijon (55,0%), Qashqadaryo (14,3%), Namangan (9,0%) viloyatlari va Toshkent shahrida (4,9%) kuzatilgan.

Shu bilan birga Samarqand (-10,5%), Navoiy (-4,5%), Jizzax (- 1,7%), Xorazm (- 3,9%), Surxondaryo (-3,3%), Toshkent (- 3,0%) va Farg‘ona (-2,1%) viloyatlarida kamayish kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2022 yilning dekabr oyida IFIning birja komponenti 1,0675 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 6,7 foizga oshganligini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmining 10,6 foizga va bitimlar sonining 2,9 foizga oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2022 yil dekabr oyida 6 822,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 7,3 foizga oshgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2022 yil dekabr oyida 1,0051 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,5 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham ijobiy o‘zgarib, 12,9 foizga oshgan.

2022 yil dekabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2022 yilning noyabr oyiga (633 051 birlik) nisbatan 3 683 taga ko‘payib, 636 734 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 13 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 520 199 tadan 523 556 tagacha ko‘paygan (o‘sish 3 357 ta). Fermer xo‘jaliklari soni 109 199 tadan 109 512 tagacha (o‘sish 313 ta) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 666 tani tashkil etib, 2022 yilning dekabr oyiga nisbatan 13 taga ko‘paygan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2022 yil dekabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 1,2761 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2022 yilning noyabr oyiga nisbatan 27,6 foizga oshgan. Joriy yilning dekabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 208 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1054

↑1,0493

↑1,0675

↑1,0051

↑1,2761

Sirdaryo viloyati

↑1439

↑1,0052

↑1,9433

↓0,9984

↑3,0000

Surxondaryo viloyati

↑1359

↓0,9674

↑2,0000

↑1,0036

↓0,0000

Andijon viloyati

↑1288

↑1,5502

↑1,2218

↑1,0039

↑1,2000

Toshkent shahri

↑1227

↑1,0492

↑1,5055

↑1,0166

↑1,1182

Buxoro viloyati

↑1199

↑1,0074

↑1,1102

↑1,0128

↑6,0000

Navoiy viloyati

↑1163

↓0,9546

↑1,3863

↑1,0092

↑1,7500

Toshkent viloyati

↑1161

↓0,9702

↑1,3517

↑1,0054

↑2,0000

Namangan viloyati

↑1114

↑1,0902

↑1,1263

↑1,0092

↑2,0000

Qashqadaryo viloyati

↑1073

↑1,1429

↑1,0931

↑1,0052

↓0,5000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1063

↑1,0099

↑1,2075

↓0,9972

↓0,2500

Samarqand viloyati

↑1049

↓0,8952

↑1,1992

↑1,0075

↑1,1429

Farg‘ona viloyati

↑1039

↓0,9791

↑1,0187

↑1,0174

↑2,1667

Xorazm viloyati

↓982

↓0,9605

↓0,9147

↓0,9983

↑2,0000

Jizzax viloyati

↓821

↓0,9580

↓0,6460

↑1,0051

↓0,2000

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1033

↑1,0939

↓0,9604

↑1,1295

↓0,5794

Andijon viloyati

↑1834

↑2,4230

↑1,8330

↑1,1056

↓0,3158

Toshkent shahri

↑1500

↑2,3896

↓0,9239

↑1,2663

↓0,5302

Toshkent viloyati

↑1397

↓0,9498

↑2,0000

↑1,0851

↓0,8571

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1346

↓0,8027

↑2,0000

↑1,1351

↓0,5000

Qashqadaryo viloyati

↑1190

↑1,4560

↑1,0459

↑1,1561

↓0,2500

Farg‘ona viloyati

↑1185

↑1,0988

↑1,3027

↑1,1644

↓0,7647

Xorazm viloyati

↑1176

↑1,1107

↑1,1793

↑1,1612

↑2,0000

Namangan viloyati

↑1167

↑1,1743

↑1,2063

↑1,1051

↑1,0000

Samarqand viloyati

↑1150

↑1,1544

↑1,1719

↑1,1513

↓0,8000

Navoiy viloyati

↑1144

↑1,1188

↑1,0826

↑1,1313

↑2,3333

Jizzax viloyati

↑1105

↑1,1874

↑1,1176

↑1,0961

↓0,0556

Sirdaryo viloyati

↑1084

↑1,0188

↑1,0470

↑1,1316

↑2,0000

Buxoro viloyati

↑1062

↑1,0697

↑1,0805

↑1,0964

↓0,4615

Surxondaryo viloyati

↓912

↑1,0110

↓0,8096

↑1,0647

↓0,0000

Ruslan Abdullayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar