Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Markaziy banki boshqaruvining O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish qarori qabul qilindi.

Qaror O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF–6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq qabul qilindi.

Unga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Birinchidan, naqd valyuta mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganligi to‘g‘risidagi xabarnomalar tijorat banklari tomonidan uch kun muddat davomida Markaziy bankka taqdim etiladi.

Ikkinchidan, tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish Markaziy bankning ruxsati asosida amalga oshiriladi.

– Markaziy bankning ruxsatini olish uchun tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga mo‘ljallangan valyutaning turi, uning summasi, valyuta mablag‘lari qaysi davlatga olib chiqilishi, xorijiy bankning nomi, naqd valyuta mablag‘larini olib chiqish maqsadlari ko‘rsatilgan arizani Markaziy bankka taqdim etadi.

Uchinchidan, tijorat banklarining naqd valyuta mablag‘larini olib chiqish uchun murojaati Markaziy bank tomonidan uch bank ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.

– Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tijorat banklariga naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun ruxsat beriladi. Tijorat banklariga naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun ruxsat berishni rad qilish faqat tijorat banklarining murojaati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda amalga oshiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar