Anjumanda Rossiya, AQSh, Belarusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston, Pokiston, Tojikiston va boshqa davlatlar hamda mamlakatimiz tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan pediatriya va farmatsevtika sohasining taniqli mutaxassislari ishtirok etdilar.
Taklif etilgan ma’ruzachilar orasida yetakchi olim va amaliyotchilar, shu jumladan — D.Rogachev nomidagi bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi ilmiy-tibbiy tadqiqot markazi ilmiy rahbari t.f.d., professor, Rossiya FA akademigi, Aleksandr Rumyansev, Rossiya perinatal tibbiyot mutaxassislari uyushmasi prezidenti, Rossiya FA akademigi, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan shifokor, t.f.d., professor Nikolay Volodin ishtirok etdilar.
Xalqaro konferensiyaning tantanali ochilishida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Toshkent tibbiyot pediatriya instituti rektori Botir Daminov, V.I. Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti Andrey Eremin, Kursk davlat tibbiyot universiteti rektori Viktor Lazarenko va boshqalar chiqishlar qilib pediatriya va farmatsiya dolzarb masalalarini muhokama qilishni hamda oliygohlar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.
Xalqaro forumning asosiy qismi sho‘’balarida o‘tkazilib, unda neontologiya, bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi, bolalar pulmonologiyasi va allergologiyasi, gastroyenterologiyasi va ovqatlanishi, bolalar nefrologiyasi, farmakologiya va klinik farmakologiya, farmatsevtika sohalaridagi dolzarb masalalarga oid ma’ruzalar tinglanib muhokama qilindi. Xorijlik hamkasblar va yosh tadqiqotchilarning ma’ruzalari ishtirokchilarni alohida e’tiborni tortdi.
Izoh qoldirish