Yil sarhisobi: “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla”

Yil sarhisobi: “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla”

Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tijorat banklari mas’ul xodimlari, viloyat sektorlari hamda hududiy hokimliklar bilan birga ish olib borildi.

Dastlab o‘tgan yilning avgust oyida mamlakatimizdagi 14 ta mahallada qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilgan bo‘lsa, ayni shu tajriba asosida sentyabr-dekabr oylarida yana 56 ta mahalla yangi qiyofa kasb etdi.

Aniq raqamlar asosida aytadigan bo‘lsak, sentyabr-dekabr oylarida 56 ta mahalladagi 42 mingdan ziyod xonadonda o‘rganishlar o‘tkazilib, xatlov natijalari asosida ushbu mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.

“Obod xonadon” mezonlari asosida uy-joyi ta’mirga muhtoj va o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan oilalarning 5 mingga yaqin turar joylari ta’mirlab berilgan bo‘lsa, “Obod ko‘cha” mezonlari bo‘yicha 675 ta ko‘chada asfaltlash, shag‘allashirish va betonlash ishlari amalga oshirildi. 42 ming m2 piyodalar yo‘lagi (trotuar) barpo etildi. 271 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 17 km tarmoq esa ta’mirlandi. 24 ta yangi ichimlik suvi inshooti o‘rnatildi, 33 tasida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ana shunday tizimli ishlarning natijasida yurtdoshlarimizni uzoq yillardan beri o‘ylantirib kelayotgan eng birlamchi hayotiy ehtiyojlari hal etildi.

Albatta, ko‘p qavatli uylar ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Ko‘p qavatli 31 ta uyning 9 ming m2 tom qismi, 89 tasining kirish yo‘laklari ta’mirlandi. Qish kunlari aholini tashvishga solgan energiya manbaalari bilan bog‘liq masalalar ham o‘z yechimini topdi. Jami 245 km yangi elektr tarmog‘i tortildi, 74 ta yangi transformator o‘rnatilib, 213 tasi ta’mirlandi. Muddati o‘tgan 6 mingdan ziyod simyog‘och beton ustunlarga almashtirildi, 2,5 mingdan ziyod yangi qo‘shimcha beton ustunlar, 3,5 ming dona yoritish moslamalari o‘rnatildi. 712 ta gaz taqsimlash punkti, 181 km gaz tarmog‘i ta’mirlandi, olis chekka hududlardagi aholi uchun 13 mingga yaqin suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.

Obodlik ostonadan boshlanadi degan naqlning amaldagi isboti mahallalarda o‘z aksini topdi. Birinchi navbatda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va uning jamoasi uchun munosib sharoitlar hozirlandi. Bugunga qadar “Obod mahalla” mezonlari asosida 400 ga yaqin yangi ijtimoiy ob’yektlar foydalanishga topshirildi. Shu jumladan, 52 ta markaziy ko‘chalardagi maishiy ob’yektlar, 53 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binolari, 28 ta maktab, 17 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 19 ta oilaviy shifokorlik punktlari, poliklinikalar, 19 ta aholi dam olish maskanlari barpo etildi.

Shu bilan birga aholini ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida 10 ta kasb-hunarga o‘qitish maskanlari, 101 ta maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo ob’yektlari aholi ixtiyoriga topshirildi.

Mahallalardagi obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda bandlik masalasiga ham alohida urg‘u berildi. Odamlarni ishli qilish, daromadini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Mahallalarda 6 mingdan ziyod aholining bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi. Jumladan, 1 729 nafarining o‘zini-o‘zi band qilishga ko‘maklashildi, 641 nafari kasb-hunar o‘rganish uchun o‘qishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 475 nafarining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashildi.

Subsidiya asosida ishsiz insonlarning 411 nafariga tikuv mashinasi va 179 nafariga ish anjomlari olib berildi. 1 mingdan ziyod fuqarolarning 18 mlrd. 551 mln. so‘m kredit olishiga ko‘maklashildi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi 2 289 nafar fuqaroga 4 mlrd. 880 mln. so‘mlik turli yordamlar ko‘rsatildi.

Shuninigdek aholining salomatligini tekshiruvdan o‘tkazish kasalliklarni erta aniqlash va davolash bo‘yicha 13 mingga yaqin shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 1093 nafariga davolanish uchun order topshirildi. Ehtiyojmand, boquvchisini yoqotgan aholi vakillariga sihatgohlarga yo‘llanmalar berilgan bo‘lsa, nogironligi bor, imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga nogironlik aravachalari, protez-ortopediya vositalari, bepul dori-darmon berildi.

Bu aynan honadonma-xonadon o‘rganishlar, Respublika ishchi guruhining xulosalari asosida amalga oshirilgan ishlarning raqamlardagi ko‘rinishi.

Oilalarda sog‘lom muhitni musahkamlash, asriy an’analar, milliy qadriyatlarni munosib davom ettirish avlodlarga to‘la to‘kis yetkazsh borasidagi xayrli ishlar. Bularning bari har bir inson qalbida bugungi kunga shukronalik, ko‘tarinki kayfiyat va quvonch bag‘ishlaydi. Amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlarning natijasini odamlarning yuz ko‘zida, jajji bolajonlarning shirin kulgusida ko‘rish mumkin. Xalqni rozi qilish, insonning qadr-qimmatini oshirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar islohotlarning eng oliy maqsadidir.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar