So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonda ipoteka kreditlash qoldig‘i 4,7 barobar o‘sdi, deb xabar berdi Markaziy bank matbuot xizmati.
2021 yilda tijorat banklari tomonidan 59 570 nafar fuqaroga qariyb 9,8 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 700 mlrd so‘mga ko‘proq hisoblanadi.
Markaziy bank infografikasida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi 5 yilda tijorat banklari tomonidan jami 35,6 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgan. Xususan:
2020 yilda 9,1 trln so‘m; 2019 yilda 7,9 trln so‘m; 2018 yilda 4,8 trln so‘m; 2017 yilda 4 trln so‘m.
2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, ipoteka kreditlari qoldig‘i 35,8 trln so‘mga yetgan. Ajratilgan kreditlarning 7,35 trln so‘mi birlamchi bozordagi uylarga, 2,44 trln so‘mi ikkilamchi bozordagi uylar uchun yo‘naltirilgan. Ushbu kreditlarning 42 foizi xotin-qizlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish