O‘zbekistonning internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida pozitsiyasi yaxshilandi

O‘zbekistonning internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida pozitsiyasi yaxshilandi

"Ookla" kompaniyasi Speedtest.net servisi 2021 yil may oyi natijalariga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unda, O‘zbekistonning mobil internet tezligi yaxshilanganligi qayt etilgan.

Ta’kidlash kerakki, bir yil ichida O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha 1,5 barobarga (53,2 foizga) o‘sganligi qayd etildi, ya’ni 26,45 Mbit/s. dan (2020 yil may holatiga ko‘ra) 40,54 Mbit/s. gacha (2021 yil may holatiga ko‘ra).

Mobil internet tezligi bo‘yicha joriy yil may oyi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston yana to‘rt pog‘onaga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda mobil internet tezligi 11,26 Mbit/s. dan (2020 yil may holatiga ko‘ra) 18,56 Mbit/s. gacha o‘sdi (2021 yil may holatiga ko‘ra).

Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 64,8 foizga ko‘tarilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar