2023 yil yakuni bilan Jizzax viloyatidagi mehnat resurslari soni 800 309 kishini, shundan iqtisodiy faol aholi soni 597 384 kishini, iqtisodiy nofaol aholi soni esa 202 925 kishini tashkil etgan. Iqtisodiy faol aholining 92,7%, ya’ni 553 893 kishi ish bilan band bo‘lgan.
Iqtisodiy faol aholining 7,3%, ya’ni 43 491 kishi ishsiz bo‘lgan.
Rasmiy sektorda band aholi soni 231 620 kishini yoki iqtisodiy faol aholining 38,8%ni tashkil etgan.
Norasmiy sektorda band aholi soni 271 274 kishini yoki iqtisodiy faol aholining 45,4%ni tashkil etgan.
Legallashtirilgan ish o‘rinlari soni 14 802 tani, shundan eng yuqori qo‘rsatkichlar Jizzax shahrida 2 779 ta, Baxmal tumanida 2 664 ta, Zomin tumanida 2 372 ta, aksincha eng past ko‘rsatkichlar Mirzacho‘l tumanida 379 ta, G‘allaorol tumanida 496 ta va Yangiobod tumanida 508 tani tashkil etgan.
Tarmoqlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 10 622 ming so‘m, Axborot va aloqa 7 539 ming so‘m, Tashish va saqlash 5 601 ming so‘m, Qurilish 4 273 ming so‘m, Sanoat 3 931 ming so‘mni tashkil etib, nisbatan past ko‘rsatkichlar Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasi 2 955 ming so‘m, Ta’lim 2 918 ming so‘m, Savdo 2 803 ming so‘mni tashkil etdi.
2023 yil yakuni bilan viloyatda ishsizlik darajasi 7,3%ni tashkil etib, nisbatan ijobiy ko‘rsatkichlar Jizzax shahrida 6,2%, Sh.Rashidov tumanida 7% va Yangiobod tumanida 7,2%ni, ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan tumanlar Arnasoy 8%, Do‘stlik va Forish 7,9%, Baxmal va Mirzacho‘l tumanlarida 7,7%ni tashkil etdi.
Saibov Farrux Farxodovich
Izoh qoldirish