2021 yil yakunlari bo‘yicha Jizzax viloyatining xizmatlar sohasi tahlili

2021 yil yakunlari bo‘yicha Jizzax viloyatining xizmatlar sohasi tahlili

2022 yil 1 yanvar holatiga xizmatlar sohasida 13 085 ta (jami korxona va tashkilotlardagi ulushi - 57,6%) sub’yektlar faoliyat ko‘rsatib, ular tomonidan 6 419,0 mlrd. so‘mlik xizmat ko‘rsatildi. Sohada o‘sish sur’ati pandemiyadan avvalgi 2019 yil darajasidan oshib, 118,1 foizni (hududlar orasida 13-o‘rin), jami xizmatlardagi ulushi 2,3 foizni tashkil etgan. (hududlar orasida 13-o‘rin).

Ko‘rsatilgan xizmatlarning 24,3% (1 560,8 mlrd.so‘m) qishloq joylarga to‘g‘ri keladi. Sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ulushi 62,5% ni tashkil etdi.

Jami xizmatlar tarkibida savdo xizmatlari (31,3%), moliyaviy xizmatlar (23,6%), transport xizmatlari (17,3%) ulushi yuqori bo‘lgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlarning tarkibi, %

2021 yilda Jizzax shahrida (118,9%), Baxmal (121,7%), Zomin (121,0%), Sh.Rashidov (120,2%), G‘allaorol (118,5%) tumanlarida viloyat o‘rtacha o‘sish sur’atlaridan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan bo‘lsa, Do‘stlik (117,0%), Paxtakor (115,6%), Yangiobod (114,8%), Zafarobod (114,5%), Zarbdor (114,0%), Forish (112,9%), Arnasoy (111,2%), Mirzacho‘l (109,2%) tumanlarida o‘rtachadan past o‘sish sur’atlari qayd etilgan.

Viloyat va hududlarning xizmatlar sohasidagi ulushini oshirish uchun qo‘shimcha ravishda 1 644,7 mlrd.so‘mlik 1 606 ta xizmatlar sohasidagi loyihalar manzilli dasturi ishlab chiqildi.

Tumanlar kesimida o‘sish sur’ati, %

Jami xizmatlarda Jizzax shahrining ulushi 40%ni tashkil etmoqda. Tumanlar o‘rtasida eng yuqori ulush Sh.Rashidov (13,1%), Zomin (8,7%), G‘allaorol (8,2%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Xizmat ko‘rsatishda tumanlar ulushi, %

Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi viloyat bo‘yicha 4 498,6 ming so‘mni (Respublika ko‘rsatkichidan 1,8 barobar past, 9-o‘rin) tashkil qilib, 2020 yilga nisbatan 115,6 foizga oshgan.

Jizzax shahridan (viloyatda jon boshiga to‘g‘ri xizmatlar hajmiga nisbatan 3,1 barobar) tashqari barcha hududlarda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichidan past. Ayniqsa Baxmal, G‘allaorol, Zarbdor, Zafarobod, Forish, Yangiobod tumanlarida jon boshiga to‘g‘ri ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori 3 000 mln.so‘mga ham yetmaydi.

Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi, ming.so‘m

Ulug‘bek Xujakulov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar