2024 yil yanvar-sentyabr oylarida Sirdaryo viloyatida kichik biznes sub’yektlari faoliyati tahlil qilindi

2024 yil yanvar-sentyabr oylarida Sirdaryo viloyatida kichik biznes sub’yektlari faoliyati tahlil qilindi

2024 yil yanvar-sentyabr oylari davomida yalpi hududiy mahsulotning 67,2% (2023 yil yanvar-sentyabrida 65,5%) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.

2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari tomonidan:

- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 5 421,5 mlrd. so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 38,0%i) tashkil qildi;

Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Sirdaryo (1 305,2 mlrd. so‘m) va Yangiyer shahar (809,7 mlrd. so‘m), Boyovut tumani (753,1 mlrd. so‘m), Guliston shahar (584,3 mlrd. so‘m), Sayhunobod (290,7 mlrd. so‘m) hissasiga, eng kam – Shirin shahri (23,6 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keldi.

- 2 674,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 84,5%i) bajarildi va o‘sish sur’ati 2023 yilning shu davriga nisbatan 107,7%ni tashkil etdi;

Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi Guliston shahar (669,8 mlrd. so‘m), Mirzaobod (397,0 mlrd. so‘m), Sirdaryo (299,3 mlrd. so‘m), Yangiyer shahri (217,4 mlrd. so‘m) , Sardoba (113,9 mlrd. so‘m), Guliston (95,8 mlrd. so‘m), Xovos (67,9 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

- kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 6 362,5 mlrd. so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 72,9%ni, o‘sish sur’ati 2023 yilning shu davriga nisbatan 68,8% ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi Shirin shahri (2 608,2 mlrd. so‘m) Boyovut (1 041,8 mlrd. so‘m), Sirdaryo (631,5 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (565,9 mlrd. so‘m), Guliston shahar (500,7 mlrd. so‘m), Sayhunobod (262,2 mlrd. so‘m), Sardoba (252,9 mlrd. so‘m) tumanlari va hissasiga to‘g‘ri keladi.

- 10 474,7 mlrd. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 97,7%ini va o‘sish sur’ati 2023 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 103,2%ni tashkil qilgan.

Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi Boyovut (1 596,9 mlrd. so‘m), Sayhunobod (1 493,4 mlrd. so‘m), Sirdaryo (1 360,0 mlrd. so‘m), Oqoltin (1 193,4 mlrd. so‘m), Xovos (1 173,2 mlrd. so‘m), Guliston (1 143,8 mlrd. so‘m), Sardoba (1 115,2 mlrd. so‘m), tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 3 939,7 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 93,6%ni tashkil etib, 2023 yilning shu davriga nisbatan 109,6%ga o‘sishi kuzatildi.

Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p savdo tovar aylanmasi hajmi Guliston shahar (1 310,2 mlrd. so‘m), Sirdaryo (652,5 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (349,9 mlrd. so‘m), Mirzaobod (273,8 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

- 5 232,7 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 66,6%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2023 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 114,1%ni tashkil qilgan.

Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p xizmatlar hajmi Guliston shahar (723,8 mlrd. so‘m), Sirdaryo (541,6 mlrd. so‘m), Yangiyer shahri (301,6 mlrd. so‘m) va Mirzaobod (177,1 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu davr mobaynida kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 124,5 mln. AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 65,4% ini tashkil etdi.

2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p hajmi Yangiyer shahri (41,5 mln. doll.), Boyovut (22,7 mln. doll.), Sirdaryo (18,7 mln. doll.), Sayxunobod (13,3 mln. doll.), eng past ko‘rsatkich Guliston tumanida (890,8 ming. doll.) kuzatildi.

Mazkur oylarda kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 222,8 mln AQSh dollarini yoki umumiy importning 82,8%ini tashkil etdi.

Elyor Pulatov
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar