Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi (2024 yil yanvar-sentyabr)

Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi (2024 yil yanvar-sentyabr)

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tomonidan 2024 yil yanvar-sentyabr oylarida Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasi rivojlanish dinamikasi tahlil qilindi.

2024 yil yanvar-sentyabr oylarida Sirdaryo viloyatida xizmatlar hajmi 7 859,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2023 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 10,1 foizga oshgan.

2024 yil yanvar-sentyabr oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 32,5 foizni tashkil etgan.

2024 yil yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasi tarkibida eng katta ulush yashash va ovqatlanish (29,3%), savdo (20,9%), moliyaviy (18,0%) va transport (9,1%) xizmatlariga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarni boshqa xizmatlar (6,0%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (4,2%) hamda ta’lim (2,6%) xizmatlari egallagan.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2023 yilning shu davriga nisbatan 2024 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha xizmat turlarining dinamikasida o‘sish sur’atlari kuzatildi. Transport xizmatlari 18,8%, ijara xizmatlari 17,9%, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 16,4%, kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash 14%, yashash va ovqatlanish xizmatlari 10,3%, savdo xizmatlari 9,9%, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 9,8%, boshqa xizmatlar 8,7%, me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar 8%, moliyaviy xizmatlar 7,4%, shaxsiy xizmatlar (sartarosh va go‘zallik saloni xizmatlari) 5,1%, sog‘liqni saqlash 4,3%, ta’lim xizmatlari 2,3%ga oshgan.

2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 42,6% Guliston shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi eng katta ulushlar bo‘yicha keyingi o‘rinlar Sirdaryo (14,1%), Boyovut (8,6%) tumanlari va Yangiyer shahri (7,4%) hissasiga, eng kichik ulushlar esa Shirin (1,4%), Oqoltin (3,8%) va Sardoba (4,0%) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.

2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish sur’atlari Yangiyer sh. (118,6%), Shirin sh. (114,4%) va Sirdaryo (111,9%) tumanida kuzatilgan.

Elyor Pulatov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar