O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga, yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,4 foizga kamaydi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar qildi.
Joriy yilning sentyabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan respublikamizning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Tadqiqot davomida 500 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 5,0 mingta uy xo‘jaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olindi.
2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida mehnat resurslari soni 19 322,8 ming kishini tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 101,1 foizga yoki 201,4 ming kishiga oshgan.
Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13 609,1 ming kishini tashkil etib, mos davriga nisbatan 3,1 foizga (403,9 ming kishiga) oshgan.
2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida rasmiy sektorda band aholi soni 6 124,3 ming kishini tashkil qilib, 2020 yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo‘lganlar soni 7,9 foizga yoki 450,5 ming kishiga oshgani kuzatildi.
Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5 943,9 ming kishini tashkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,1 foiz yoki 254,0 ming kishiga kamaygan.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 413,7 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,4 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi - 14,9 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa - 12,8 foiz bo‘ldi.
Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 300,0 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,6 foizga yoki 26,3 ming kishiga ortishi kuzatildi.
2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga 842 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat qilgan fuqarolarning 302,0 ming nafari ish bilan ta’minlandi, (joriy yilda 281,3 ming ishsiz aholini ishga joylashtirish belgilangan bo‘lib), yillik dastur 107,4 foizga bajarildi (shuningdek 2020 yilning mos davriga nisbatan 124 foizga oshdi). Xususan, sanoat sohasiga 62 ming, xizmat ko‘rsatish va servis sohasiga 73,5 ming, qishloq xo‘jaligi sohasiga 28,4 ming, boshqa byudjet korxonalariga 138 ming nafar ishsizlar ishga joylashtirildi.
Murojaat qilgan fuqarolarning 203 ming band bo‘lmagan aholi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi va ularning ish haqi uchun 177 mlrd.so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Jumladan: 163,6 ming nafar ishsizlar tuman (shahar) aholi punktlari, mahallalar va boshqa hududlarni obodonlashtirish ishlariga, 21 ming qishloq xo‘jaligi ishlariga, 10,7 ming byudjet korxonalariga, 4,6 ming sanoat va xizmat ko‘rsatish korxonalariga, 17,1 ming boshqa yo‘nalishlarda tashkil etilgan jamoat ishlariga jalb etildi.
Bundan tashqari, 93,5 ming nafar ishsizlarga 81,9 mlrd.so‘m ishsizlik nafaqasi tayinlandi va to‘lab berildi.
Yilning o‘tgan davrida 31,5 ming ishsizlar hamda “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsizlarga 66,6 mlrd.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi. Jumladan:
- tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish, “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchun 6 263 nafar fuqarolarga 4,8 mlrd.so‘m;
- shaxsiy va dala tomorqasida issiqxona, ekishga urug‘lar va ko‘chatlar hamda sug‘orish vositalarini harid qilish uchun 16 426 ta oilalarga 43,7 mlrd.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.
190 ta ishlab chiqarish kooperativlari tashkil etilib, ularga 9 ming nafar ishsizlar biriktirildi va ularning a’zolik ulushi sifatida 18,2 mlrd.so‘m subsidiyalar ajratildi.
Joriy yilning 9 oyi davomida jami 338,2 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi yoki prognozga nisbatan 124 foizga bajarilgan (o‘tgan yilga nisbatan 126 %ga o‘sdi, 66,9 mingtaga ko‘p). Shu jumladan,
- tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 78 taloyihada jami 9 064 ta;
- hududiy investitsiya dasturiga kiritilgan10,6 mingta loyihalarni amalga oshirish hisobiga 108,8 mingta (116 %) yangi ish o‘rni tashkil etilgan.
- Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga 4 920 ta (9 oylik prognozga nisbatan 182 %) doimiy ish o‘rni yaratilgan.
- yangi ro‘yxatdan o‘tgan qariyib 60 mingtakichik korxona va mikrofirmalarda 123,9 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan.
- Yakka tartibdagi tadbirkorlarni faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali 91,5ming nafar (122 %) aholi band etildi.
Mehnat bozoridagi talablar asosida kasbiy bilimlarga o‘qitish vazirlikning ustuvor vazifasiga aylandi. Vazirlik tasarrufida 16 ta “Ishga marhamat” band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Monomarkaz”, 59 ta tuman va shahar kasb-hunarga o‘qitish markazlari, 136 ta mahallada kasb-hunarga o‘qitish maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 54 turdagi kasblar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillar bo‘yicha joriy yilning 9 oyida 97,7 ming nafar ishsizlar kasb-hunarga o‘qishga jalb etildi.
Kasb-hunarga o‘qishga jalb etilganlarning asosiy qismi xotin-qizlar (66 foiz), yoshlar (54 foiz) ulushiga to‘g‘ri keldi. Ularning 26,4 foizi “Ayollar daftari”, 40 foizi “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ishsiz fuqarolarni tashkil etadi.
Kasb-hunarga o‘qitishga jalb etilganlarning 48,9 ming nafari (50,1%) sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida, 27,1 ming nafari (27,6%) qurilish, 3,6 ming nafari (3,7%) agrotexnologiyalar, 6,6 ming nafari (6,8%) “IT” sohasi kasblari va 11,5 ming nafari (11,8%) “Usta-shogird” an’anasi asosida hunarmandchilik kasblariga yo‘naltirildi.
Izoh qoldirish