2022 yil 1 iyul holatiga ko‘ra Farg‘ona viloyatida jami ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 52 174 tani tashkil etib, ulardan 94,5% (49303 ta) faoliyat ko‘rsatayotgan, 2871 ta korxona esa faoliyat ko‘rsatmayotganligi qayd etilgan.
Yangi tashkil etilgan korxonalar soni 4537 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,6%ga pasayish qayd etilgan. Hisobot davrida tugatilgan korxonalar soni 844 tani tashkil etib, bu korxonalarning asosiy qismi savdo va sanoat sohasiga to‘g‘ri kelgan.
Viloyatda ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi yirik shaharlarga to‘g‘ri kelgan. Viloyatdagi jami korxonalarning 37% Farg‘ona (8570 ta), Qo‘qon (6100 ta) va Marg‘ilon (4658 ta) shaharlarida ro‘yxatdan o‘tgan. Furqat, So‘x va Yozyovon tumanlarida esa ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning soni mos ravishda 1393, 1237 va 1161 tani tashkil etib, viloyat bo‘yicha past ulushga ega hisoblanadi.
Shahar va tumanlar kesimida jami korxona va tashkilotlarga nisbatan faoliyat olib borayotganlari tahlil qilindi. Marg‘ilon shahrida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning 97,3% faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, Quva tumanida bu ko‘rsatkich 90,9% tashkil etgan.
2022 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni 45564 tani tashkil etgan. Mazkur sub’yektlarning 94,3% (42947 ta) faoliyat ko‘rsatsa, qolgan 2617 tasi faoliyat ko‘rsatmayotgan va 822 tasi tugatilgan. 2022 yilning 6 oyi yarmida 4392 ta yangi kichik tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlarining asosiy ulushini savdo 37% (15884 ta) va sanoat 24% (10276 ta) sohalari tashkil qilsa, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar 2% (994 ta) kichik ulushga ega. Hisobot davrida viloyatda tadbirkorlik sub’yektlari diversifikatsiya ko‘rsatkichi hisoblanganda, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,19 punktga pasaygani kuzatildi.
Izoh qoldirish