2022 yil 1 iyul holatida Namangan viloyatida jami 42 214 ta faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar aniqlangan bo‘lib, shundan asosiy qismi 72% (30403 ta) kichik korxona va mikrofirmalarga to‘g‘ri kelgan. Yirik korxonalarning jami korxonalardagi ulushi 0,4% (168 ta), fermer xo‘jaliklari ulushi 17% (7185 ta), dexqon xo‘jaliklari- 0,3% (110 ta) va boshqa korxonalar- 10,3% (4348 ta)ni tashkil qilgan.
Viloyatda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi Namangan shahri (11 406 ta) va Chust tumani (4 068 ta)ga to‘g‘ri keladi. Norin va Mingbuloq tumanlarida esa faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning soni mos ravishda 2 255 va 2 179 tani tashkil etib, viloyat bo‘yicha eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar ulushi tuman(shahar)lar kesimida
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning asosiy ulushlarni qishloq xo‘jaligi 24,3% (10 254 ta) va savdo 25,7% (10 863 ta) tashkil qilsa, axborot va aloqa 1,2% (501 ta) va sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar 1,7% (737 ta) kichik ulushlarni tashkil qilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni
2022 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari-yuridik shaxslar soni 31 914 tani tashkil etgan. Mazkur sub’yektlarning 95,3% (30 403 ta) faoliyat ko‘rsatsa, qolgan 283 tasi faoliyat ko‘rsatmayotgan va 1 228 tasi iqtisodiy tugatish jarayoniga kiritilgan.
2022 yilning ilk yarmida 2 890 ta yangi kichik tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilgan. Tugatilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni 949 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 48% (308 ta)ga oshgan.
Viloyatda davlat ro‘yxatidan o‘tgan qo‘shma korxonalar soni 308 tani tashkil etib, shundan 300 tasi faoliyat ko‘rsatayotgani qayd etilgan. Mazkur davr mobaynida 20 ta qo‘shma korxona yangi tashkil etilgan. Qo‘shma korxonalar ko‘rsatkichini shahar va tumanlar bo‘yicha solishtiradigan bo‘lsak, Namangan shahri – 102 ta, Kosonsoy – 31 ta, Pop – 28 ta, Chortoq – 27 ta tumanlarida yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan. Norin - 12 ta, Uchqo‘rg‘on – 11 ta, Mingbuloq – 7 ta tumanlari past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan qo‘shma korxonalar soni tuman(shahar)lar kesimida
Qo‘shma korxonalar, asosan, sanoat (49,0%), savdo(14,6%) va qishloq xo‘jaligi (12,7%) sohalarida tashkil etilgan.
Izoh qoldirish