2022 yil birinchi yarim yillik yakuni bo‘yicha Andijon viloyatida xizmatlar ko‘rsatkichlari

2022 yil birinchi yarim yillik yakuni bo‘yicha Andijon viloyatida xizmatlar ko‘rsatkichlari

2022 yilning birinchi yarim yilligida Andijon viloyatida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 8 048,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021 yil mos davriga nisbatan 11%ga o‘sgan.

Viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlarning respublika xizmatlaridagi ulushi 5,0%ni tashkil qilgan. Viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlarda shahar va tumanlarning ulushi tahlil qilinganda, eng katta ulush 34,2% Andijon shahriga to‘g‘ri kelgan. Andijon shahrida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2 756,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 12%ga oshgan. Viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlarda Ulug‘nor va Bo‘ston tumanlarining ulushi 2,6%ni tashkil etgan. Mazkur tumanlarda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi mos ravishda 212,5 mlrd. so‘m ( 2021 yilning mos davriga nisbatan 6,8%ga o‘sgan) va 209,5 mlrd. so‘m (6,6%) tashkil etgan.

Andijon viloyatida ko‘rsatilgan xizmatlarda tuman(shahar)lar ulushi

Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi viloyat bo‘yicha 2 462,4 ming so‘mni tashkil qilgan holda, 2021 yilning mos davriga nisbatan 8,7%ga o‘sgan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan Andijon (5 981,0 ming so‘m) va Xonobod shahrida (5 870,9 ming so‘m) mos ravishda 1,43 va 1,38 baravar yuqori.

Asaka va Shahrixon tumanlarida esa jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan 41%ga past ekanligi qayd etildi.

Hududlar bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi (ming so‘m)

Andijon viloyatida xizmatlar tarkibi tahlil qilinganda, savdo (jami xizmatlar hajmidagi ulushi 31,2%), moliya (20,4%) va transport xizmatlari (19,9%) rivojlanganligi kuzatildi. Aksincha, yashash va ovqatlanish (1,8%), sog‘liqni saqlash (1,6%) hamda me’morchilik va muhandislik izlanishlari xizmatlarining (0,8%) jami ko‘rsatilgan xizmatlardagi ulushlari past ekanligi qayd etildi.

Viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlar tarkibida axborot va aloqa (2021 yilning mos davriga nisbatan 25,1% o‘sgan), me’morchilik va muhandislik (18,6%), ta’lim (16,7%) hamda ijara va lizing xizmatlarida (16,1%) yuqori o‘sish sur’atlari qayd etilgan.

Shoiraxon Nurdinova,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan filiali bosh ilmiy xodimi
Noralov Sherzod, NamDU 2-kurs talabasi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar