2022 yil yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida xizmatlar hajmi 2 356,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2021 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 12,3 foizga oshgan.
2022 yil yanvar-iyun oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 32 foizni tashkil etgan.
2022 yil yanvar-iyun oylarida xizmatlar sohasi tarkibida eng katta ulush moliyaviy xizmatlar (31,7%), savdo (24,1%) va transport (13,1%), xizmatlarga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarni aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,6%), ta’lim xizmatlari (4,3%) va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (2,7%) egallagan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2021 yilning shu davriga nisbatan 2022 yil yanvar-iyun oylarida barcha xizmat turlarining dinamikasida o‘sish sur’atlari kuzatildi. Ijara xizmatlari 43,5%, boshqa xizmatlar 43,4%, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 22,9%, me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari, texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar 17,7%, moliyaviy xizmatlar 15,0%, sog‘liqni saqlash 12,0%, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar va sog‘liqni saqlash xizmatlari 9,3%, ta’lim xizmatlari 8,5%, shaxsiy xizmatlar (sartarosh va go‘zallik saloni xizmatlari) 8,2%, kompyuterlar, uy jihozlari, shaxsiy buyumlarni ta’mirlash xizmatlari 7,9%, transport xizmatlari 6,2%, turar joy va ovqatlanish xizmatlari 3,7%, savdo xizmatlari 3,5%, ga oshgan.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 49,9% Guliston shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi eng katta ulushlar bo‘yicha keyingi o‘rinlar Sirdaryo (12,2%), Yangiyer shahri (7,4%) va Boyovut (6,7%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmida Shirin (1,3%), Oqoltin (2,8%) va Sardoba (3,4%) tumanlarining o‘rni juda kam.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish sur’atlari Boyovut (132,2%), Guliston shahri (112,3%) va Xovos (111,6%) tumanlarida kuzatilgan.
Izoh qoldirish