2022 yil yanvar-sentyabr yakunlari bo‘yicha Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi

2022 yil yanvar-sentyabr yakunlari bo‘yicha Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi

2022 yil yanvar-sentyabr oylarida Sirdaryo viloyatida xizmatlar hajmi 3 690,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2021 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 14,4%ga oshgan.

2022 yil yanvar-sentyabr oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 29,6%ni tashkil etgan va YaHMdagi xizmatlar ulushi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6%ga oshgan.

2022 yil yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasi tarkibida eng katta ulush moliyaviy xizmatlar (32,2%), savdo (24,4%) va transport (13,0%), xizmatlarga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarni aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,5%), ta’lim xizmatlari (3,6%), ijara (3,0%) va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (2,7%) egallagan.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2021 yilning shu davriga nisbatan 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha xizmat turlarining dinamikasida o‘sish sur’atlari kuzatildi:

  • Ta’lim xizmatlari 55%,
  • ijara xizmatlari 42,1%,
  • me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari, texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar 35,2%,
  • sog‘liqni saqlash 34,8%,
  • moliyaviy xizmatlar 32,7%,
  • boshqa xizmatlar 31,1%,
  • ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar va sog‘liqni saqlash xizmatlari 30,6%,
  • aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 27,7%,
  • kompyuterlar, uy jihozlari, shaxsiy buyumlarni ta’mirlash xizmatlari 22,8%,
  • shaxsiy xizmatlar (sartarosh va go‘zallik saloni xizmatlari) 22,1%,
  • turar joy va ovqatlanish xizmatlari 14%, transport xizmatlari 10,7%,
  • savdo xizmatlari 9,9%, ga oshgan.

2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 45,1% Guliston shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi eng katta ulushlar bo‘yicha keyingi o‘rinlar Sirdaryo (13,6%), Yangiyer shahri (7,8%) va Boyovut (7,5%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ammo, hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmida Shirin (1,4%), Oqoltin (3,1%) va Sardoba (3,7%) tumanlarining o‘rni juda kam.

2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish sur’atlari Boyovut (133,2%), Xovos (115,2%) va (112,3%) Sardoba tumanlarida kuzatilgan.

Elyor Pulatov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi,
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar