Rivojlanayotgan bozorlarga xususiy investitsiyalar hajmi 19 foizga oşdi (GPCA)
Xususiy kapital global assotsiatsiyasi (GPCA) maʼlumotlariga köra, 2026 yilning yanvar-sentyabr oylarida rivojlanayotgan bozorlarga yönaltirilgan xususiy investitsiyalar hajmi 19 foizga oşib, 143,2 mlrd dollarga yetdi (2025 yilda 158,3 mlrd dollar). Sunʼiy intellekt, robototexnika, aerokosmik sanoat va infratuzilma investitsiyalarning asosiy yönalişlari böldi. Xitoy kompaniyalariga kiritilgan xususiy investitsiyalar hajmi ötgan yilga nisbatan ikki baravar oşib, 64,3 mlrd dollarga (rivojlanayotgan bozorlarga yönaltirilgan jami xususiy investitsiyalarning 45 foizi) yetdi. Bu 2022 yildan buyon eng yuqori körsatkiçdir.
Xitoydan taşqari mamlakatlarda investitsiyalar ösişi asosan infratuzilma loyihalari hisobiga taʼminlandi. Afrika mamlakatlariga 5,2 mlrd dollar, Markaziy va Şarqiy Yevropa mamlakatlariga 10,7 mlrd dollar investitsiya yönaltirildi. Investorlar energetika, telekommunikatsiya va maʼlumotlarni qayta işlaş markazlariga qiziqiş bildirmoqda.
Qozoğiston va Iroq 2027 yil uçun OPEK+ doirasida neft qazib oliş kvotalarini oşirişga intilmoqda (Reuters)
Qozoğiston va Iroq OPEK+ taşkilotiga neft qazib oliş quvvatlari böyiça baholarni oşirişni sörab murojaat qildi. OPEK tarixida ilk bor aʼzo mamlakatlarning neft qazib oliş imkoniyatlari mustaqil baholanmoqda. Baholaş natijalari 2027 yil uçun kvotalarni belgilaşda hisobga olinadi. Qozoğiston Energetika vazirligi baholaş ötkazilganini tasdiqladi, biroq uning natijalarini oşkor qilmadi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, Iroqning neft qazib oliş quvvati sutkasiga 4,9 mln barrelni taşkil etadi.
29 noyabr kuni OPEK+ yiğilişida 2027 yil uçun neft qazib oliş siyosati körib çiqilişi rejalaştirilgan. Qozoğiston va Iroq özlarining amaldagi işlab çiqariş imkoniyatlariga mos kvotalar belgilanişidan manfaatdor. Şu bilan birga, Yaqin Şarqdan neft yetkazib beriş hajmining tiklanişi jahon bozorida taklifning talabdan oşib ketişiga va neft narxlarining pasayişiga olib kelişi mumkin.
Norvegiya Germaniyaga uzoq muddatli gaz yetkazib berişni taʼminlaydi (Equinor)
Norvegiyaning Equinor energetika kompaniyasi Germaniyaning VNG kompaniyasi bilan tabiiy gaz yetkazib beriş böyiça 18 yillik şartnoma imzoladi. 2027 yil yanvaridan 2044 yil oxirigaça har yili 1,4 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Bu Germaniyaning yillik gaz importining 1,5 foiziga teng. Norvegiya uçun bu sönggi 40 yilda tabiiy gaz sotiş böyiça eng uzoq muddatli şartnoma hisoblanadi. Gaz bozor narxlarida yetkazib beriladi, şartnomaning boşqa tijorat şartlari oşkor etilmagan.
2025 yilda Germaniya gaz importining 44 foizi Norvegiya hissasiga töğri kelgan va u mamlakatning eng yirik gaz yetkazib beruvçisi hisoblanadi. Qişki isitiş mavsumi boşlanişi arafasida Yevropada gaz omborlarining töldirilganlik darajasi 69 foizni taşkil etmoqda, bu ötgan yilgi körsatkiçdan 10 foiz bandga past. Germaniyada esa uşbu körsatkiç 71,2 foizdan 56,5 foizga tuşgan. Yangi şartnoma Germaniya isteʼmolçilarini uzoq muddat davomida tabiiy gaz bilan işonçli taʼminlaşga qaratilgan.
Izoh qoldiriş