2022 yilning I choragida Buxoro viloyatining tashqi savdo aylanmasi

2022 yilning I choragida Buxoro viloyatining tashqi savdo aylanmasi

2022 yilning I choragida Buxoro viloyatining tashqi savdo aylanmasi 305,8 mln.dollarini (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 140,2%ga o‘sgan), tashqi savdo aylanmasi tarkibida ekport hajmi 65,3 mln.dollarini (21,3%ini), import hajmi 240,5 mln.dollarini (78,7%ini) tashkil qilgan.

Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha Rossiya (23,3%), Turkmaniston (16,5%), Turkiya (14,0%), Xitoy Xalq Respublikasi (13,2%), va Qozog‘iston (5,6%) viloyatning eng yuqori ulushga ega hamkor davlatlari hisoblanadi.

1-rasm. 2022 yilning yanvar-mart oylarida Buxoro viloyati tashqi savdo aylanmasida tuman (shahar)lar ulushi (%)

Alohida ta’kidlash lozimki, tahlil qilinayotgan davrda viloyat jami tashqi savdo aylanmasining 65,8%i 4 ta hudud, Qorovulbozor tumani (25,2%), Buxoro shahri (22,1%), Buxoro (11,2%) va Kogon (7,3%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Viloyat tashqi savdo aylanmasida eng kam ulushni tashkil etuvchi hududlar - Olot (0,6%), Jondor (2,4%) tumanlari, Kogon shahri (2,6%) va Pushku tumani (3,2%) hisoblanadi.

Eksport

Joriy yilning I-choragida viloyatda eksport hajmi 65,3 mln. AQSh doll. o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 72,8 foizni tashkil etdi. Eksportning 93,5 foizi tovarlar ulushi tashkil etdi (o‘tgan yilning mos davrida - 97,8%).

Eksport tarkibida Sanoat mahsulotlari ulushi 46,3%, mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash materiallar ulushi 17,9%, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar ulushi 14,8% va nooziq-ovqat xomashyo, yoqilg‘idan tashqari ulushi 11,7%ni tashkil etadi.

2-rasm. 2022 yilning yanvar-mart oylarida Buxoro viloyati eksportida ulushi eng yuqori bo‘lgan davlatlar (%da)

Eksport hajmini davlatlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, 2022 yilning yanvar-mart oylarida viloyat eksportida ulushi eng yuqori bo‘lgan davlat sifatida, Rossiya – 15,4 mln.dollari (jami eksportdagi ulushi – 23,6%), Afg‘oniston – 9,2 mln.dollari (14,1%), Turkiya – 6,6 mln.dollari (10,1%) va Qozog‘iston -– 6 mln.dollari (9,2%) miqdorida mahsulotlar eksport qilingan. Ayniqsa, mamlakatimizga qo‘shni bo‘lgan Qirg‘iziston davlati bozori imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanilishi natijasida, viloyat tadbirkorlari tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 baravarga oshganligi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, Xitoy, Eron, Turkmaniston, Italiya va Vetnam davlatlarining viloyat eksportida ulushi yuqoridir.

Buxoro viloyatining eksport ulushida meva-sabzavotlar eksportining qiymati jihatidan eng katta hajm Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi, bu meva va sabzavotlar eksporti umumiy hajmining 69,9 foizini tashkil qiladi.

3-rasm. 2021 yil yakuni bo‘yicha Qashqadaryo viloyati eksportida tuman (shahar)lar ulushi (%).

Viloyat eksportida ulushi eng yuqori hududlar Buxoro shahri (20,8%), G‘ijduvon (12,1%), Qorovulbozor (11,8%), Kogon tumanlari (11,0%) va Kogon shahri (11,0%) hisoblanadi. Olot (0,9%), Peshku (2,3%), Buxoro (2,5%), Jondor (2,9%), Qorako‘l (7,4%) va Romitan (7,7%) tumanlari ulushi eng past hududlar sanaladi.

Import

2022 yilning yanvar-mart oylarida davomida Buxoro viloyatida amalga oshirilgan import hajmi 240,5 mln.dollarini tashkil qilib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 187,3 foizga oshgan.

Import tarkibida eng katta ulush, mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash materiallar (35,9%), mashinalar va transport asbob-uskunalari (35,6%) hisobiga to‘g‘ri keladi.

Import tarkibidagi sanoat tovarlarining ulushi – 10,5%, kimyoviy vositalar va boshqa toifaga kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar – 9,2%, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 3,2%, turli xil tayyor buyumlar – 3,1% va nooziq-ovqat xomashyo, yoqilg‘idan tashqari – 2,5%ni tashkil qilgan.

4-rasm. 2022 yilning yanvar-mart oylarida Buxoro viloyati importida ulushi eng yuqori bo‘lgan davlatlar (%da)

2022 yil yanvar-mart oylarida Buxoro viloyatiga 50 davlatdan tovarlar va xizmatlar importi amalga oshirildi. Yettita yirik hamkor davlatlar, jumladan, Rossiya (23,2%), Turkmaniston (20,3%), Turkiya (15,1%), Xitoy (14,6%), Eron (4,7%), Qozog‘iston (4,7 %) va Germaniya (4,5%) davlatlaridan umumiy import hajmining 83,3%i amalga oshirilgan, bu 54,8 mln.dollarni tashkil etdi.

Viloyat importi tarkibida eng yuqori ulushni Qorovulbozor tumani 28,8% ulush bilan 69,4 mln.dollarni tashkil etgan bo‘lsa, eng past ulushni Olot tumani 0,5% ulush bilan 1,3 mln.dollarni tashkil etdi.

5-rasm. 2021 yil yakuni bo‘yicha Buxoro viloyati importida tuman (shahar)lar ulushi (%)

Ardasher Murtazayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Samarqand filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar