2023 yil yanvar-dekabr oylari bo‘yicha Xorazm viloyati xizmat ko‘rsatish sohasi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

2023 yil yanvar-dekabr oylari bo‘yicha Xorazm viloyati xizmat ko‘rsatish sohasi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

2023 yil IV chorakda Xorazm viloyatida 13 266,1 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, o‘sish sur’ati 114,6 foizni, respublikadagi ulushi esa 2,8% ni (10 o‘rin) tashkil etadi.

Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 6,7 mln. so‘mni (8-o‘rin), o‘sish suratlari 112,5% ni tashkil etdi.

Urganch sh. (33,2 mln. so‘m), Xiva sh. (6,8 mln. so‘m), Yangibozor (5,4 mln. so‘m) tumanida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi eng yuqori hamda Qo‘shko‘pir (3,6 mln. so‘m), Shovot (3,7 mln. so‘m), Bog‘ot (4,2 mln. so‘m) tumanlari eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi tarkibida eng ko‘p ulush Urganch shahar (viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 37,9%), Urganch (10,7%), Xazorasp (10,2%), Xonqa (9,4%), Bog‘ot (7,8%), Gurlan (7,1%) va Shovot (7,0%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

YaHM tarkibidagi ko‘rsatilgan xizmatlar ulushi 32,5% ni tashkil etdi va 2022 yil IV chorakga nisbatan 0,2 punktga ko‘paygan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliya xizmatlari egallaydi. 2023 yil yanvar-dekabr oylarida ularning ulushi 25,5%ni tashkil etdi. Kompyuterlar va uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 3,8%ga yetgan.

2022 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 2023 yilning ushbu oylarida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 16,1 mlrd.so‘mga oshib, 193,6 mlrd.so‘mni tashkil etdi. Ushbu xizmatlarning umumiy hajmida Urganch shahrining ulushi 78,8% ni tashkil etdi.

2023 yil yanvar-dekabr oylarida yuqori o‘sish moliyaviy xizmatlar (141,3%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (124,3%), sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (113,7%), ta’lim sohasidagi (112,2%) va boshqa xizmatlar (113,8%)da qayd etildi.

Taqqoslash uchun: 2022 yil yanvar-dekabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlarida yuqori o‘sish sur’atlari qayd etilgan (141,7%), moliyaviy xizmatlarda (124,6%) o‘sish kuzatilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar