2023 yil yanvar-dekabr oylari bo‘yicha Xorazm viloyatining sanoat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

2023 yil yanvar-dekabr oylari bo‘yicha Xorazm viloyatining sanoat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

2023 yil IV chorakda Xorazm viloyatida 21 167,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 106,1 foizni, respublikadagi ulushi esa 3,2% ni (9 o‘rin) tashkil etadi.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 10,7 mln. so‘mni (8-o‘rin), o‘sish sur’atlari 104,1% ni tashkil etdi.

To‘proqqal’a (196,0 mln. so‘m) tumani va Urganch sh. (22,3 mln. so‘m), Yangibozor (6,3 mln. so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori hamda Xiva (2,3 mln. so‘m), Qo‘shko‘pir (2,3 mln. so‘m) va Xazorasp (2,5 mln. so‘m) tumanlari eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko‘p ulush Tuproqqal’a tumani (viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmining 54,3%), Urganch (16,0%) shahri, Urganch (4,3%), Xonqa (3,7%), Shovot (3,6%), Yangiariq (2,8%) va Yangibozor (2,7%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 22,4% ni tashkil etdi va 2022 yil IV chorakga nisbatan 0,3 punktga ortgan.

Hisobot davrida kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 3 445,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 16,3% ni tashkil etdi.

Shuningdek, sanoat mahsulotlari tarkibida ishlab chiqaridigan sanoatining ulushi – 96,6%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi -2,9%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi - 0,6%, tog‘-kon sanoat va ochiq konlarni ishlash ulushi – 0,02%, ni tashkil qilgan.

Jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida mashina va asbob- uskunalar ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, yarim tirkamalar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sohasining ulushi – 45,9% (2022 yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 102,7%), metallurgiya sanoatining ulushi – 0,3% (2022 yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 80,0%), to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 20,6 % (2022 yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 103,7%), oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 27,3% (2022 yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 113,4%), kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi – 0,8% (2022 yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 96,9%), yog‘och va po‘kak buyumlar (mebeldan tashqari), poxol va to‘qish uchun materiallardan buyumlar, qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi – 1,8% (2022 yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 104,0%)ni tashkil etdi.

2023 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoatda 31,0 ming tonna kalava ip (2022 yilning mos davriga nisbatan 5,5% ga kamaygan), 5,5 ming tonna tozalangan o‘simlik yog‘i (49,1% ga kamaygan), 155,3 ming tonna paxta chigiti (8,2 % ga oshgan), 94,5 ming tonna paxta tolasi (15,7 % ga oshgan) ishlab chiqarilgan.

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 13 115,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022 yilning mos davriga nisbatan 105,8 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 62,0 % ni tashkil etdi.

Jami sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 4 039 taga (shundan 4 003 tasi kichik biznes sub’yektlari) yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 14,9% ni tashkil etdi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida kiritilgan 78 ta loyiha bo‘yicha 1436,3 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, dastur doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 7,9 mln AQSh dollari miqdorida eksport qilingan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar