2024 yil yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida xizmatlar hajmi 6 051,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2023 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 14,1%ga oshgan.
2024 yil yanvar-iyun oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 36,1%ni tashkil etgan.
2024 yil yanvar-iyun oylarida xizmatlar sohasi tarkibida eng katta ulush savdo (36,0%), moliyaviy (22,5%) va transport (12,6%) xizmatlariga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarni aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (4,2%), ta’lim (4,1%) hamda yashash va ovqatlanish xizmatlari (3,2%) egallagan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2023 yilning shu davriga nisbatan 2024 yil yanvar-iyun oylarida barcha xizmat turlarining dinamikasida o‘sish sur’atlari kuzatildi. Jumladan, savdo xizmatlari 29,3%, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 20,3%, ta’lim 16,8%, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 14,8%, transport xizmatlari 14,3%, yashash va ovqatlanish xizmatlari 9,5%, kompyuterlar, uy jihozlari, shaxsiy buyumlarni ta’mirlash xizmatlari 8,8%, sog‘liqni saqlash 7,5%, ijara xizmatlari 7,0%, shaxsiy xizmatlar (sartarosh va go‘zallik saloni xizmatlari) 6,9%, me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari, texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar 5,9%, moliyaviy xizmatlar 0,7%, boshqa xizmatlar 0,6% ga oshgan.
2024 yilning yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 49,1% Jizzax shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi eng katta ulushlar bo‘yicha keyingi o‘rinlar Sh.Rashidov (10,9%), G‘allaorol (7,5%) va Zomin (7,0%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmida Yangiobod (0,6%), Zafarobod (1,5%) va Arnasoy (1,6%) tumanlarining o‘rni juda kam.
2024 yilning yanvar-iyun oylarida xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish sur’atlari Jizzax shahrida (123,9%), G‘allaorol (111,3%) va Zomin (108,3%) tumanlari hamda kuzatilgan.
Elyor Pulatov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish