Ushbu davrda Navoiy viloyati YaHM hajmi 49 729,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5%ga o‘sgan, shuningdek, YaIM tarkibida viloyatning hissasi 7,9%ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 47 724,5 ming so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4%ga oshgan.
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 98%ni tashkil etgan bo‘lsa, mahsulotlarga sof soliqlar esa 2%ni tashkil etgan.
YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda 74,1% (2021 yilda 73,4%), qishloq xo‘jaligi ulushi 13,3% (2021 yilda 14,8%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 12,6% (2021 yilda 11,8%) ni tashkil qilgan.
Respublika makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining shakllanishida viloyatning hissasi ahamiyatli hisoblanadi. YaIMda viloyatning hissasi 7,9%ni tashkil etib, huddudlar ichida 3-o‘rin, respublika sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi hissasi 16%ni tashkil etib, 3- o‘rin, asosiy kapitalga investitsiyalar kiritish 6,8%ni tashkil etib, 5-o‘rinni egallagan.
Viloyat aholi jon boshiga asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblaganda respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori. Jumladan, aholi jon boshiga YaHM hajmi, sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha hududlar ichida 1-o‘rin, qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha hududlar ichida 6-o‘rin, asosiy kapitalga investitsiyalar kiritish, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari va chakana savda aylanmasi sohalari bo‘yicha 2-o‘rindaligi ahamiyatlidir.
Izoh qoldirish