Andijon viloyati sanoat sohasining 2022 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari

Andijon viloyati sanoat sohasining 2022 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari

2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 35 945,3 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 124,8%ni tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Asaka (154,3%) va Paxtaobod (135,3%) tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Baliqchi (95,1%), Ulug‘nor (96,7%) va Izbosgan (98,5%) tumanlarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan kam bo‘ldi.

Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 70,8%i Asaka tumani (22%) va Andijon shahri (15,2%) hissasiga to‘g‘ri keladi.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 23,5%ni tashkil etib, 2021 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 3,8 punktga o‘sgan.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmi 10 962,7 ming.so‘mni tashkil etib, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi bo‘yicha yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Asaka tumani (58 289,1 ming so‘m), Xonobod (38 338,1 ming so‘m) va Andijon (11 834,0 ming so‘m) shaharlarida o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan (9 988,7 ming so‘m) yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 8 231,8 ming so‘m bo‘lgan holda, Asaka tumanida 56 444,4 ming so‘mni, Xo‘jaobod tumanida 12 076,1 ming so‘mni, Andijon shahrida 3 026,6 ming so‘mni, Xonobod shahrida 9 827,0 ming so‘mni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga (97,6 %) to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, tog‘-kon sanoati ulushi - 0,5%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim hosil qilish ulushi – 1,7%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,2%ni tashkil etdi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish (64%), to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (11%), kiyim ishlab chiqarish (10%) va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (6%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda 830 ta yangi sanoat korxonalari tashkil yetilib, jami sanoat korxonalari 9 798 taga yetdi.

Abdusamatov Muzaffar
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangagan filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar