Andijon viloyatining 2023 yil yanvar-sentyabr oylari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasi tahlil qilindi

Andijon viloyatining 2023 yil yanvar-sentyabr oylari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasi tahlil qilindi

2023-yil yanvar-sentyabr oylari mobaynida Andijon viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari xajmi 15 412 mlrd. so‘mni tashkil qilib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,3%ga o‘sgan. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari xajmi esa 4 602 ming so‘mga etib, o‘tgan yilgiga nisbatan 107%ga ko‘paygan. Xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlik ulushi 64,6%ni, xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar ulushi 68,2%ni tashkil etgan.

Jami ko‘rsatilgan xizmatlar tarkibida savdo xizmatlari (4 631 mlrd. so‘m), moliyaviy xizmatlari (3 329 mlrd. so‘m), transport xizmatlari (3 027 mlrd. so‘m), shaxsiy xizmatlar (752 mlrd. so‘m) ulushi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, aloqa va axborotlashtirish (756 mlrd.so‘m), ta’lim (790 mlrd. so‘m), kompyuter va maishiy tovarlarni tamirlash (339 mlrd. so‘m), yashash va ovqatlanish (293 mlrd. so‘m), sog‘liqni saqlash (275 mlrd. so‘m), ijara (288 mlrd. so‘m), me’morchilik (142 mlrd. so‘m) xizmatlarining ulushi nisbatan pastroq bo‘lgan. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan viloyatda barcha xizmat turlari bo‘yicha (ijara xizmatlaridan tashqari) o‘sish qayd etilgan.

Hududlar kesimida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining asosiy qismi Andijon shahri – 5 441 mlrd. so‘m (jami xizmatlardagi ulushi - 35%), Asaka – 1 116 mlrd. so‘m (7,2%) va Andijon tumanlari 951 mlrd. so‘m (6,2%) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Xonobod shahri (2,5%), Bo‘ston (1,7%) va Ulug‘nor (1,4%) tumanlarining viloyat jami xizmatlardagi ulushi bo‘yicha nisbatan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan.

Bahodir Xolmirzayev

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar