Ayrim xodimlarga uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi

Ayrim xodimlarga uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi

Prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan quyidagilarga to‘lanadigan boshlang‘ich yordam pulidan hamda uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi (2021 yil 1 iyundan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi):

- olis, borish qiyin hududlardagi byudjet bakalavriat yoki magistraturani tamomlagandan 3 yilda ishga qabul qilingan xodimlarga;

- olis va borish qiyin hududlardagi shifokorlik punktlari va poliklinikalarga, ta’lim muassasalariga ishga kirgan, boshqa hududlarda yashaydigan oliy ma’lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga.

Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan belgilangan dasturlarda qatnashib olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul to‘lovlaridan ham soliq undirilmaydi.

Fuqarolar mehnat staji hisoblanishi maqsadida ishlamaydigan eri (xotini) uchun yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda soliq to‘lashi mumkin (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi).

Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tuman Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyentda qo‘llaniladi.

Elektromobillarni sotib oluvchilar yoki ularni O‘zbekistonga vaqtincha olib kiradiganlar yig‘imdan ozod qilinadi (2021 yil 1 martdan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi).

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar