Xususan, qabullarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Sog‘liqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Xalq ta’limi vazirliklari vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, "Hududgazta’minot" AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi kabi qator idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.
Mazkur qabullar joriy yilning 5-11 may kunlari Farg‘ona viloyatidan boshlanadi.
Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.
Farg‘ona viloyatida o‘tkaziladigan ommaviy qabullar jadvali
Aholi keladigan hududlar nomi | Ommaviy qabul o‘tkaziladigan joy | Sana va vaqti |
Qo‘qon sh. Dang‘ara, O‘zbekiston , Beshariq va Furqat tumanlari aholisi uchun | Qo‘qon universiteti binosi | 5 may, soat 12:30 da |
Bog‘dod, Buvayda, Uchko‘prik, Rishton va So‘x tumanlari aholisi uchun | Bog‘dod tumanidagi Konizar Nuroniylar bog‘i | 6 may, soat 10:00 da |
Qo‘shtepa, Yozyovon, Oltiariq tumanlari aholisi uchun | Qo‘shtepa tumanidagi 1-IDUM (eski Transport kolleji) | 7 may, soat 10:00 da |
Marg‘ilon sh., Toshloq, Quva tumanlari aholisi uchun | Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi istirohat bog‘i | 10 may, soat 10:00 da |
Farg‘ona t, Farg‘ona sh, Quvasoy sh. aholisi uchun | Farg‘ona tumanidagi Mozortagi istirohat bog‘i | 11 may, soat 10:00 da |
* Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan ba’zi joylar ob’yektiv sabablar tufayli o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun bir kun avval Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi telefon raqami orqali: +998 73-244-10-00 aniqlik kiritib kelishingiz so‘raladi.
Izoh qoldirish