11 – 17 aprel kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 584,5 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 2,1 %ga kam, deyiladi O‘zRTXB axborot xizmati xabarida.
Bunda sotuvlarning 80,1% - birja savdolari; 0,7% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 18,7% - elektron davlat xaridlari va 0,5% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 599,8 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 131,6 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 4 812 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 11,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 4,9% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 8,6% ikkinchi; 9,4% uchinchi; 12,1% to‘rtinchi; 20,8% beshinchi va 44,3% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 071,1 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:
Paxta yog‘i
O‘tgan haftada birja savdolarida 2 152,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 93 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 430,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 17 227,2 ming so‘mdan 15 337,2 ming so‘mgacha, ya’ni 11,0% ga pasayganini ta’kidlash lozim.
Shakar
Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 12 720,0 tonna shakar qo‘yildi va uning barcha hajmi cotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 334 xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 9 286,4 ming so‘mdan 9 087,7 ming so‘mgacha, ya’ni 2,1%ga pasaygan.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning TS-2 – kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 9 347,8 ming so‘mni tashkil etdi.
Sheluxa
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolari orqali 6 787,0 tonna sheluxa sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 40 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 357,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sheluxaning kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 001,2 ming so‘mdan 2 804,0 ming so‘mgacha, ya’ni 6,6%ga pasaydi.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida sheluxa bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 2 973,6 ming so‘mni tashkil etdi.
Izoh qoldirish