“O‘zRTXB” AJ axborot xizmatining xabar berishicha, 15 – 21 noyabr kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 135,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 26,3% ga ko‘pdir.
Bunda sotuvlarning:
- 85,1% - birja savdolari;
- 0,1% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari;
- 14,5% - elektron davlat xaridlari;
- 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 829,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 39,4 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 846 ta avtoraqamlar sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning:
- 6,4% birinchi toifadagi avtoraqamlarga;
- 12,1% ikkinchi;
- 11,5% uchinchi;
- 13,1% to‘rtinchi;
- 19,5% beshinchi;
- 37,8% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 818,0 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:
Benzin
O‘tgan haftada birjada AI-80 rusumli avtomobil benzinining narxi sezilarli pasaydi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 3,3 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 129,4 ming so‘mdan 9 168,4 ming so‘mgacha, ya’ni 9,5% ga pasaydi.
Hafta yakuniga ko‘ra birja bozorining mazkur segmentida taklif darajasi 3,1% ga o‘sgan.
Birja savdolari orqali benzinni sotib olgan xaridorlarning soni 32 tadan 143 tagacha, ya’ni 4,5 barobarga o‘sgan.
Suyultirilgan gaz
O‘tgan haftada birja savdolariga 4 666,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va undan 4 344,0 tonnasi, ya’ni 93,1% hajmi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 110 xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gazning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 3 874,1 ming so‘mdan 3 836,9 ming so‘mga, ya’ni 1,0% ga pasaydi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gazning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 3 855,8 ming so‘mni tashkil etdi.
Sement
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 301 857,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 120 957,0 tonnasi, ya’ni 40,1% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 24,2 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 504,7 ming so‘mdan 501,4 ming so‘mgacha, ya’ni 0,6% ga pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 216 xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 499,3 ming so‘mni tashkil etdi.
Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Izoh qoldirish