Birlamchi bozordan uy sotib olganda to‘lanadigan 5 foizlik stavka bekor bo‘ldi
“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mulk sotib olinganda mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun shartnoma summasining 5 foizi miqdordagi davlat bojining alohida stavkasi chiqarib tashlandi.
Izoh qoldirish