Markaziy Bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz saqlab qoldi
Asosiy stavkani yillik 14% da o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilindi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining oraliq yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Unda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank Boshqaruvi 2021 yil 21 yanvarda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.
Ushbu qaror inflyasiya dinamikasini yanada pasaytirish, iqtisodiyotda real foiz stavkalarini ijobiy darajada saqlab qolish, shuningdek, iqtisodiy faollikning tiklanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib borish maqsadida qabul qilingan.
Izoh qoldirish