Bojxona yig‘imlarining yangi stavkalari tasdiqlandi

Bojxona yig‘imlarining yangi stavkalari tasdiqlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi. Yangi bojxona yig‘imlari stavkalari quyidagilarni nazarda tutadi:

  • davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlarini kengaytirish hamda qat’iy belgilangan bojxona yig‘imlari stavkalari belgilanadi;
  • ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bog‘liq ayrim turdagi bojxona yig‘imlari bekor qilinadi va ular xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;
  • tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yig‘imi stavkalari pasaytiriladi;
  • bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rniga moliyaviy chora sifatida bojxona yig‘imi joriy etiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar