Buxoro shahridagi “Ideal Lift” MChJ va Janubiy Koreyaning Songuo Mobility Innovation CO, LTD. kompaniyasi bilan hamkorlikda viloyatda elektromobillarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
1 mlrd 210 mln dollarga teng bo‘lgan loyiha yiliga 30 ming dona elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.
“Loyihani amalga oshirish natijasida 450 nafardan ziyod ishsiz aholi bandligi ta’minlanadi. Bu loyiha tashqi bozorda respublikaning milliy manfaatlarini himoya qilish, o‘zbek iste’molchilarining manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi”, - deydi “Ideal Lift” MChJ rahbari Komiljon Qudratov.
Janubiy Koreyaning Songuo Mobility Innovation CO., LTD. yetakchi kompaniyasi hamda Buxoro shahridagi “Ideal Lift” MChJ tomonidan ikki tomonlama, shuningdek, loyiha bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini boshlash to‘g‘risida bitim, jumladan yuqori texnologiyali uskunalarni yetkazib berish, loyihalashtirish, montaj jarayoni davomida nazorat qilish va elektromobillar ishlab chiqarish nazarda tutilgan shartnoma imzolandi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish