O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishbilarmonlik faolligi tahlili har oyda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tezkor ma’lumotlar asosida (respublikaning barcha sohalari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring, Davlat bojxona qo‘mitasi, DSQ, MB va O‘zRXTB) hisoblab chiqiladi.
Monitoring natijalari may oyida soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,1%ga oshganini ko‘rsatdi. Byudjetning eng yuqori rentabelligini ta’minlagan hududlar: Jizzax (37,4%), Sirdaryo (33,2%), Toshkent (28,7%), Navoiy (22,3%) va Samarqand (21,7%) viloyatlari bo‘ldi.
Tushumlarning o‘sishi asosan soliq to‘lovchilar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq. Shunday qilib, faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan yilga nisbatan 30,4%ga oshdi.
Soliq tushumlari manbalari bo‘yicha daromad solig‘i 26%ga, mol-mulk solig‘i - 36%ga va yer solig‘i - 26%ga oshib, oy oxirigacha o‘sishni saqlab qoldi.
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 2022 yilning shu davriga nisbatan 20,1%ga oshdi. Bojxona tushumlarining eng katta o‘sishi quyidagi beshta hududda qayd etildi: Surxondaryo (68,3%), Samarqand (38,8%), Jizzax (32,3%), Toshkent (23,4%) viloyatlari va Toshkent (34,2%) shahrida.
Bojxona tushumlarining o‘sishi asosan mahsulot turlari, jumladan, transport uskunalari va butlovchi qismlari, texnik jihozlar, metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha o‘tgan yilning shu davriga nisbatan importning qariyb 28,2%ga o‘sishi bilan bog‘liq.
Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida eksportning pasayish meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari, Toshkent viloyatida metal va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida plastmassa, Toshkent shahrida tabiiy gaz eksportining kamayishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, aksariyat hududlarda ip-kalava eksportining qisqargani qayd etildi.
Xorazm, Sirdaryo, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida eksport hajmining o‘sishi oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat tovarlari, kimyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yetkazib berish sur’atlarining o‘sishi bilan izohlanadi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi yil boshidan buyon o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,8%ga o‘sdi.
Kreditlar berishning sezilarli o‘sishi Jizzax (67,1%), Sirdaryo (50,9%), Qashqadaryo (36,6%), Navoiy (36,5%), viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (34,3%) va Toshkent shahrida (21,9%) kuzatildi.
O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 7,6%ga o‘sdi.
Birja faolligining eng katta o‘sishi Sirdaryo (44,2%), Qashqadaryo (27,2%), Samarqand (25,5%) va Andijon (24,8%) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (29,0%) qayd etildi.
Ushbu hududlarda bitimlar hajmining o‘sishi bug‘doy uni, bug‘doy, dizel yoqilg‘isi, paxta tolasi, mineral o‘g‘itlar, texnik chigitlar, avtomobil benzini, suyultirilgan gaz, qurilish va xo‘jalik materiallari, shakar, qora va rangli metallar, polietilen va boshqa mahsulotlar sotishni ko‘paytirish hisobiga ta’minlandi.
Yil boshidan buyon 39 177 ta yangi xo‘jalik yurituvchi sub’yekt tashkil etildi, ularning eng ko‘p soni Samarqand (3 716), Farg‘ona (3695), Toshkent (3186), Qashqadaryo (3178), Buxoro (2569) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (2951) va Toshkent (7,206) shahrida ro‘yxatga olingan.
Izoh qoldirish