2021 yil 16 martda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) direktorining o‘rinbosari Umid Abidxo‘jayev mamlakatimizda eksportni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
«O‘zbekiston Respublikasida eksportni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash: Mavjud muammolar va ularni bartaraf etishda qonunchilikni takomillashtirish» mavzusida xalqaro davra suhbatida Oliy Majlis Senati a’zolari, tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir qonunchilikni takomillashtirish va eksportga to‘sqinlik qiluvchi salbiy omillarni bartaraf etish orqali O‘zbekiston eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Konrad Adenauer fondi bilan birgalikda tashkil etildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari U. Abidxo‘jayev o‘z nutq iqtisodiyotdagi qiyosiy ustunliklar va O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini oshirish istiqbollari tahlili to‘g‘risida so‘zladi.
Ta’kidlanishicha, 2016-2019 yillar davomida O‘zbekiston eksporti hajmi 12,6 milliard dollardan 17,9 milliard dollargacha yoki 42% oshgan.
Biroq, 2020 yilda koronavirus pandemiyasi eksport ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, natijada eksport hajmi 15 foizga kamaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, eksport tarkibining taxminan 50% xom ashyoga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotning yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish yo‘lidan bordi.
U. Abidxadjayev davlatimiz rahbari tomonidan Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni hisobga olgan holda, hukumat oldiga joriy yilda tovar va xizmatlar eksporti hajmini kamida 20 foizga oshirish vazifasi qo‘yilganligini ta’kidladi.
Shuningdek, Garvard universiteti tadqiqotlari natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston 50 dan ortiq nomdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda imkoniyatlar va nisbiy ustunlikka ega.
Xususan, neft-kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish, to‘qimachilik, charm-poyabzal va oziq-ovqat sanoati iqtisodiyotning "drayveri"ga aylanishlari uchun barcha sharoitlar mavjud.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonni jahon iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashuvi mahalliy mahsulotlarning yangi eksport bozorlariga chiqishiga yordam beradi.
Shu munosabat bilan quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:
- JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha faol muzokaralar olib borilmoqda;
- YeOIIda kuzatuvchi mamlakat maqomini olindi;
- Yevropa Ittifoqi bilan faol hamkorlik olib borilmoqda, bu esa Yevropa Komissiyasi tomonidan O‘zbekistonning "GSP+"da benefitsiar maqomini olish uchun arizasi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinishiga yordam berdi.
Xalqaro savdo markazi metodologiyasi asosida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan olib borilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston mahsulotlarning ayrim turlari uchun foydalanilmagan eksport salohiyatiga ega, xususan:
- 986,7 million dollarga meva-sabzavot mahsulotlari;
- 686,6 million dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari;
- 56,6 million dollarlik elektrotexnika mahsulotlari.
O‘zbekistonning JSTga a’zoligi natijalarini dastlabki baholash borasida ham tadqiqot o‘tkazildi. Taxlillar «Trade Creation Effect» (Savdoni yaratish ta’siri) va "Trade Diversion Effect"(Savdoni yo‘naltirib yuborish ta’siri)ni hisoblash metodologiyasi bo‘yicha amalga oshirildi. JSTga kirish va import bojxona to‘lovlarining 50 foizga pasayishi bilan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonga import hajmi odatda 5 foizga, ayrim sanoat mahsulotlari uchun esa 2 foizdan 13 foizgacha o‘sishi mumkin.
O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishidan eksportga ta’sir odatda ijobiy bo‘ladi, chunki JSTga a’zo davlatlar O‘zbekistonga JST doirasida kelishilgan import bojlari stavkalarini qo‘llashadi va bu stavkalar hozirgi paytda O‘zbekistonga nisbatan qo‘llanilganidan past bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Izoh qoldirish