Ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun fuqarolarga 669 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 1 mln 115 ming so‘mgacha jarima qo‘llaniladi.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 125-2-modda bilan to‘ldirilib, unga ko‘ra boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuklarni va (yoki) yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi (4 mln 460 ming so‘m jarima).
Mazkur ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqish vakolati Transport vazirligi organlariga berildi.
Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, tovar belgisidan oxirgi 3 yil (ilgari 5 yil) davomida O‘zbekiston hududida uzrli sababsiz uzluksiz foydalanilmagan taqdirda, uning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi istalgan manfaatdor shaxsning talabi bo‘yicha sud qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar esa Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Izoh qoldirish