Eksportoldi moliyalashtirish uchun kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi

Eksportoldi moliyalashtirish uchun kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi

“Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 yanvarga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi eksport qiluvchilarga:

eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablag‘lar uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha tijorat banki tomonidan belgilangan kredit foiz stavkasi va miqdoridan qat’i nazar:

• milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 10 foiz banddan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
• chet el valyutasidagi kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 5 foiz banddan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etadi;

tijorat banklarining eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablag‘lari uchun beriladigan kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beradi;

ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lsa, avval olgan kreditlari bo‘yicha qarzdorligi bo‘lishidan qat’i nazar, eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablag‘lar uchun qo‘shimcha olinadigan kreditlari bo‘yicha yuqorida belgilangan miqdorlar va shartlarda kompensatsiya va (yoki) kafilliklar taqdim etadi;

taqdim etiladigan kafilliklar bo‘yicha komissiya to‘lovlarini 2 baravarga kamaytirilgan miqdorda undiradi.

Qaror bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Agentlikka yuklanayotgan qo‘shimcha vazifalarni amalga oshirish uchun uning huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar